Tabiat in’om etgan har bir giyoh insonlar sog‘lig‘i uchun koni foyda ekani Ibn Sino kitoblarida ham yozib qoldirilgan. Ko‘katlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, asab va yurak-qon tomir tizimlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni mustahkamlaydi. Shuningdek, ko‘katlar ovqatga o‘ziga xos ta’m beradi. Kundalik taomnomada yashil sabzavotning muntazam bo‘lishi vazn yo‘qotish jarayonini tezlashtiradi. Keling, ozishda samarali yordam beradigan ko‘katlar haqida so‘zlashamiz.
Petrushka
Uning tarkibi A va C vitaminiga boy bo‘lib, organizmdagi yog‘larning erishini tezlashtiradi. Petrushka, shuningdek, siydik haydash xususiyatiga ega, bu esa vazn tashlash jarayonida muhim ahamiyatga kasb etadi.
Ukrop
Ukrop qabziyatning oldini olishda tavsiya etiladi. U meteorizm va qorin dam bo‘lishini kamaytiradi. Sog‘lom ozishni esa yaxshi metabolizmsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Rayhon
Ushbu xushbo‘y o‘simlik shifobaxsh xususiyatlarga boy. Masalan, tarkibidagi tanin kislotasi metabolizmni tezlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi. Rayhonni quritilgan holatda, choyga solib yoki yangi uzilgan vaqtida ham iste’mol qilish mumkin.
Yalpiz
Yalpiz ishtahani kamaytirishga yordam beradi va shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqni so‘ndiradi. Bundan tashqari, u limfa tizimini rivojlantiradi va tanada turli shishlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Moychechak
Moychechak guli nafaqat shamollashda, balki oshqozon-ichak traktini tinchlantiruvchi tabiiy vosita sifatida ishlatiladi. Ichaklarni, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, qayt qilish va jig‘ildon qaynashida samara beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi