21:29 / 15.02.2024
120

Xushbo‘y tayoqchalar: foydalimi yoki zararli?

Xushbo‘y tayoqchalar: foydalimi yoki zararli?
Xonada yoqimli hid taratadigan diffuzer va tayoqchalardan ko‘pchilik sevib foydalanadi, ammo shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday aromatizatorlar tanloviga jiddiy qarash kerak, chunki ularning sog‘liqqa zarari yo‘q emas.

Foto: Pinterest
Turli xildagi xushbo‘y hidlar insonlarga ham jisman, ham ruhan ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Misol uchun, yasminning hidi sizni tinchlantiradi, kayfiyatni ko‘taradi va xavotir tuyg‘usidan xalos etadi. Bundan tashqari, bu gul ayollarning reproduktiv tizimiga ijobiy ta’sir qiladi. Vanil bo‘yi tushkunlik va depressiyaga qarshi kurashda yordam beradi hamda organizmda adrenalin ishlab chiqarishga ko‘maklashadi.

Xonadon farovonligini eslatadigan dolchin hidi kayfiyatni ko‘taradi, mushaklar tonusini yechib, tanani bo‘shashtiradi. Bu o‘simlik aqliy mehnat bilan faoliyat olib boruvchilar uchun foydali bo‘lib, immun tizimini mustahkamlaydi.

Lavanda dam olishga yordam beradi, uyqusizlik va yomon kayfiyatdan qutqaradi. Atirgul hissiy stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, shuningdek, ish koeffitsiyentini ko‘taradi. Sitrus mevalarining xushbo‘yligi organizmni tetiklashtiradi, apelsin va mandarin hidi bolalar yashash xonasi uchun, limon ish joyi uchun va laym yotoqxona uchun mos keladi.

Shu o‘rinda noto‘g‘ri tanlangan xushbo‘y tayoqchalar organizmga salbiy ta’sir etishi mumkinligini yodda tutish lozim. Aromatizator xarid qilayotganda uning faqat tabiiy ingrediyentlardan tayyorlanganligiga ahamiyat bering, chunki sun’iy tarkib allergiya, bo‘g‘ilish va nafas qisilishiga olib keladigan moddalardan iborat bo‘lishi mumkin. Xushbo‘y tayoqchalar hidi o‘tkir bo‘lmasligiga e’tibor qiling. Ularni qo‘llashdan avval xonani shamollatish maqsadga muvofiqdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xushbo‘y tayoqchalar: foydalimi yoki zararli?