22:30 / 18.03.2024
532

Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?

Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Foto: Islam nur
Arab xurmosi asrlar davomida mavjud bo‘lgan meva bo‘lib, u nafaqat to‘yimli va mazali, balki shifobaxsh hamdir. Xurmo Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yetishtiriladi. Muqaddas ramazon oyida bu ajoyib meva bilan og‘izni ochish odat bo‘lib qolgan.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arab xurmosi yallig‘lanish va o‘simtalarga qarshi, antioksidant ta’sirga ega meva ekanligini isbotlangan, deb yozadi “Sports.kz” nashri.

Xurmo yuzlab foydali ozuqa moddalar manbaidir. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 4 dona xurmo iste’mol qilish orqali (o‘rtacha 100 gr) mis, kaliy, magniy va selen kabi muhim minerallarga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 15%i ta’minlanadi. Shu bilan birga arab xurmosi:

Foto: Proavocado
  • Energiya manbayidir. Meva tarkibidagi katta miqdorda glyukoza, fruktoza va saxaroza organizmga kuch beradi. Tabiiy yetishtirilgan xurmo bilan tamaddi qilish kunduzgi holsizlikni bartaraf etishga xizmat qiladi;
  • Miya uchun ozuqadir. Finik palmasi ozuqa kletchatkalariga, fenol birikmalari va tabiiy antioksidantlarga ega bo‘lib, Alsgeymer kasalligining oldini oladi;
  • Qabziyatni bartaraf etadi. Xurmo tarkibidagi erimaydigan kletchatka moddalari oshqozon-ichak trakti uchun foydali bo‘lib, qabziyatda samaralidir;
  • Ichaklar faoliyati uchun foydali. Arab xurmosidagi aminokislotalar hazm qilish tizimi mo‘tadil ishlashida yordam beradi;
  • Anemiyada yordamchi. Xurmo tarkibidagi vitamin va minerallar, xususan temir moddasi temir tanqisligi sababli vujudga kelgan kamqonlik simptomlarini yengillashtirishda ishtirok etadi;
  • Yurak kasalliklarining oldini oladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, arab xurmosi qon arteriyalarida yog‘ to‘planishiga olib keladigan triglitserid darajasini pasaytiradi va qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfini kamaytiradi;
  • Ko‘z nurini asraydi. Xurmodagi karotinoid moddasi sog‘lom ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishda muhimdir;
  • Diareyani davolashda samarali. Meva tarkibidagi kletchatkalar diareya kabi noxush holatlarni davolashda qo‘llaniladi;
  • Suyaklarni mustahkamlaydi. Xurmodagi bo‘r moddasi suyaklar salomatligi uchun javob beradi va osteoporoz kasalligiga qarshi kurashda davolashda qo‘llaniladi;
  • Allergiyaning tashqi belgilarida yordam beradi. 2012 yilda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, arab xurmosi iste’molidan so‘ng allergik rinitga chalingan bemorlarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?