07:55 / 17.05.2024
359

Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar

Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar
Diyetolog Xarli Riannon Lambert ichaklarni tozalash va ularning faoliyatini yaxshilash, organizmni yoshartirish hamda tezroq ozish uchun birdek foydali bo‘lgan taomlar haqida ma’lumot berdi.

Sog‘lom vazn va tiniq yuz terisiga ega bo‘lish uchun parhez tutishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun tanangiz sog‘lom bo‘lishi lozim. Ayniqsa, immunitet markazi bo‘lgan ichaklar salomatligi ideal hazm qilish tizimi, chiroyli teri va jiloli sochlar garovidir.

Quyida organizmni tozalash va yoshartirishga ulkan hissa qo‘shadigan olti xil taomlar ro‘yxati bilan tanishamiz.

Kefir (Qatiq)

Foto: Wday
Sutga nisbatan ancha foydaliroq bo‘lgan kefir ichak mikroflorasi uchun muhim bo‘lgan prebiotiklar va foydali bakteriyalarni o‘z ichiga oladi. Kefir sigir yoki echki sutidan tayyorlanadi va oshqozonda fermentlar ta’sirida sodir bo‘ladigan organik moddalarning, asosan, uglevodlarning kislorodsiz parchalanish jarayonining oldini oladi.

Ertalab nonushta qilish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, bir stakan kefir nafaqat ochlikni qondirishga yordam beradi, balki ichaklarni ishga tushiradi.

Yogurt

Foto: Wday
Yogurt suyak salomatligini yaxshilaydi, kayfiyatni ko‘taradi. Ammo yogurt xarid qilishdan avval uning yorlig‘ini o‘qib chiqing. Ko‘pgina kompaniyalar yogurt mahsulotlarini jonli bakteriyalarsiz va katta miqdorda shakar bilan ishlab chiqaradi. Bunday yogurt esa foydali hisoblanmaydi.

Soya donlari

Foto: Wday
Ushbu mahsulot Yaponiyada juda mashhur bo‘lib, yopishqoq va cho‘ziluvchan bo‘ladi. Oqsilga boy soya donlari yaponiyaliklarda nonushta uchun ham, kechki ovqatda ham iste’mol qilinadi.

Miso sho‘rvasi

Foto: Wday
Ushbu taom ham an’anaviy yapon oshxonasiga mansub bo‘lib, miso sho‘rvasi yumshatilgan miso pastasi, guruch, bug‘doy va kodzi qo‘ziqorinlaridan tayyorlanadi. Bunday sho‘rva oqsil va o‘simlik tolalarining ajoyib manbai bo‘lib, mineral va vitaminlarga boydir.

Tuzlangan karam

Foto: Alamy
Tuzlangan turli navdagi karam ishtaha ochuvchi mazali salat bo‘libgina qolmay, prebiotiklar, o‘simlik tolasi, temir moddasi, C, B va K vitaminlariga boy mahsulotdir. Uyda tuzlangan karam do‘kondagiga nisbatan foydaliroq hisoblanadi.

Kimchi

Foto: Alamy
Koreys oshxonasiga mansub mashhur kimchi taomi turli sabzavotlar, asosan, Xitoy karamidan tayyorlanadigan achchiq salatdir. Uning tarkibida ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali bo‘lgan bakteriyalar, K, B2 vitaminlari va temir moddasi mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar