Professional pedagoglar, yaxshi ustoz va murabbiylar nigohida pozitivlik, kundalik narsalardan zavqlanish qobiliyati borligini payqaganmisiz? Balki buning sababi pedagoglar nafaqat bolalarga ilm berishi, balki ulardan ham ko‘p narsani o‘rganishidadir? Biz qanchalik katta hayotiy tajribaga ega ota-ona bo‘lmaylik, farzandlarimizdan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab jihatlar mavjud.
1. Doimo yangi narsalarni o‘rganishga harakat qiling
Foto: iStock
Yosh bolalar bilimga chanqoq bo‘lishadi, bu bola tabiatining ajralmas qismidir. Ular faol harakat qiladilar, atrofida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni diqqat bilan kuzatadilar va taassurotlarini batafsil eslab qoladilar. Shu yo‘l orqali bola atrofdagi dunyo tuzilishi haqida o‘z nazariyalarni shakllantira boshlaydi.
Kattalar odatda yangi bilimlarni qanday o‘rganish yoki biror hodisani tushunish haqida emas, balki ma’lum vazifani qanday bajarish haqida ko‘proq o‘ylaydi. Biz kattalar o‘yinchoq bilan nima qilish kerakligi aytilgan va endi o‘z tasavvurimizni ishga solishga muhtoj bo‘lmagan bolaga o‘xshaymiz. Shuning uchun yangi narsalarni o‘rganishga motivatsiya yetishmaydi. Bunday holatlarda o‘zingizga dunyoda millionlab noma’lum bilimlar va ajoyibotlar borligini eslatib qo‘ying. Farzandingizdagi odatiy predmetlarga ham yangicha qaray olish istagidan ilhom oling.
2. Izlanishdan to‘xtamang
1933 yilda amerikalik hamshira Garriet Jonson bolalar kubiklarni qanday o‘rganishini tasvirlab berdi. Ular yoshidan qat’i nazar birinchi navbatda kubik tuzilishi va vaznini tekshiradi, qo‘l bilan aylantiradi. Bolalar kubikdan biror narsa yasashga shoshmaydi, balki o‘yinchoqni o‘zlari bilan olib yuradi va kubik haqida yetarli ma’lumot to‘plab bo‘lgachgina undan uychalar yasay boshlaydi.
Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: muammoni hal qilish yo‘lini tanlashdan avval uni batafsil o‘rganish foydalidir.
3. Fantaziyani ishga soling
Foto: Parents.ru
Dizayn va jamoaviy ishlash bo‘yicha mutaxassis Tom Vuyes muntazam ravishda mahorat darslarini boshlashdan avval ishtirokchilarga noodatiy topshiriqlar beradi. Masalan, shunday darslardan birida o‘n sakkiz daqiqa ichida bir nechta ishtirokchidan iborat har bir jamoa zefirni tepada ushlab turadigan barqaror spagetti minorasini qurish topshirig‘i berildi. Minora qanchalik baland bo‘lsa, shuncha yaxshi. Vuyetsning so‘zlariga ko‘ra, ushbu topshiriqni kattalar emas, balki maktabgacha yoshdagi bolalar yaxshiroq bajaradi.
Buning sababi har qanday savol va muammoga turlicha yondashuvdadir. Kattalar odatda biror topshiriqni bajarish uchun unga mas’ul bo‘lgan yetakchi kishini tanlaydi, rejalar muhokama qilinadi va mas’uliyatlar bo‘linadi. Eng asosiysi, kattalar muammoni hal qilishda faqatgina o‘tmishdagi tajribasiga tayanadi.
Yuqoridagi misolda ham kattalardan iborat jamoa avval mavjud bo‘lgan obyektni — Eyfel minorasini qurishga qaror qildi. Ammo makaron va zefirdan iborat minora uchun bunday yechim doim ham to‘g‘ri kelmasligi hamda mutlaqo nostandart fikrlashni talab etishi lozim edi.
Bolalar hali aytarli tajribaga ega bo‘lmagan insonlar, ular uchun bunday masala noodatiy va yangidek tuyulmaydi, ular ilgari ko‘rgan minoralarni takrorlash bilan cheklanmaydi. Zaxirada standart yechimlarga ega bo‘lmagan bolalar kattalarning xayoliga ham kelmaydigan ajoyib binolarni o‘ylab topadilar.
Xulosa qilganda, g‘ayrioddiy masala yoki muammoga duch kelganingizda unga o‘zgacha nigoh bilan boqishga va fantaziyani ishga solgan holda noodatiy yechimni izlab topishga urinib ko‘ring.
4. Tasavvuringiz imkoniyatlaridan foydalaning
Foto: Adobe Stock
Bolalar nafaqat mavjud predmet va o‘yinchoqlardan g‘ayrioddiy usulda foydalana oladi, balki o‘yin davomida biror yangilikni o‘ylab topadi. Masalan, to‘rtburchak shakldagi predmetni ko‘rib qolgan yosh bolakay uni telefon sifatida o‘ynay boshlaydi va “go‘shak”ni quloqqa tutadi. Yoki bolalar bir muddat biror hayvonga aylanadi. Bir qarashda bularning bari ahamiyatsizdek tuyular, ammo aynan shu jihat ijodkorlikning ayni belgisidir.
Bola tasavvurlari va ijodkorligini oshirish kelajakda yangi innovatsiyalar yaratilishiga olib keladi. Keng va boy tasavvur orqali bola resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramay noodatiy o‘yinlar o‘ylab topadi.
Bundan qanday xulosaga kelish mumki?
Kattalar biror qiyinchilikka duch kelganda ko‘pincha asosiy e’tibori mavjud to‘siqlarga qaratiladi. Albatta, imkonsiz bo‘lgan narsa uchun energiya sarflashdan ma’no yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, turli to‘siqlarga uchraganda bolalardek o‘ylashga harakat qilib ko‘ring va barchasi albatta yaxshi bo‘ladi, deya pozitiv fikr va xayolni real hayotda tatbiq eting.
5. So‘ralmagan yordamdan bosh tortmang
Tasavvur qiling, bog‘cha yoshidagi bola yo‘qolib qolgan o‘yinchog‘ini izlamoqda. Tarbiyachi o‘yinchoqning qayerdaligini bilmasa ham, uni qidirishga yordam berdi. Bolaga divan tagini qarab ko‘rishni yoki biror burchakni tekshirishni so‘radi. Aynan shunday o‘rganish daqiqasida tajribali insonlar yordami orqali yangi bilimlarga ega bo‘lish (o‘yinchoqni qayerdan izlash) imkoniyati beriladi.
Biz kattalar ishda avval duch kelmagan muammo va vazifalarni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Muammolarga odatda hozirgi rivojlanish darajamiz bilan yondashamiz va bizga yordam kerak emasdek tuyuladi. Boshqalar taklif etgan keraksiz maslahatlar hatto jahlimizni chiqaradi ham. Ammo hamkasblar yoki rahbarlarning aynan shunday davrda bergan maslahatlari bizning rivojlanish darajamizni oshirishi mumkin. Shuning uchun so‘ralmagan yordam taklifini rad etishga shoshilmang. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi