15:15 / 13.07.2024
277

Issiq ob-havo yurak va qon tomirlariga qanday ta’sir qiladi?

Issiq ob-havo yurak va qon tomirlariga qanday ta’sir qiladi?
Yoz fasli bizga yaxshi kayfiyat, dam olish kunlarini oila davrasida zavq bilan o‘tkazish, bolalar uchun esa ta’til tufayli sevimli mavsumdir. Ammo tanganing ikkinchi tomoni jazirama kunlarda turli kasalliklarning yanada avj olishi bilan bog‘liq. Yozda yurak va qon tomir tizimlariga issiqlik tufayli yuk ortib borishini eslatib o‘tishni va ehtiyot choralarini ko‘rishingizni lozim topdik.

Foto: Wday
JSST yoz mavsumida quyidagi kasalliklar kuchayish xavfi ortishi haqida ogohlantiradi:
- depressiya;
- qandli diabet;
- yurak kasalliklari;
- miyada qon aylanishining buzilishi.

Buning sababi nimada?

Yuqori haroratlarda periferik tomirlar kengayadi, puls tezlashadi, qon bosimi ko‘tariladi va terlash kuchayadi, shu sababli intoksikatsiya yuzaga kelishi va tanadagi muhim mikroelementlarning, jumladan, kaliy va magniyning kamayib ketishi kuzatilishi mumkin. Mikroelementlar yetishmasligi esa qonning quyuqlashishiga olib keladi va aritmiyani keltirib chiqaradi.

Kimlar xavf ostida?
  • arterial gipertoniya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan shaxslar;
  • qand kasalligi bilan og‘riganlar;
  • keksalar;
  • ortiqcha vaznli insonlar;
  • doimiy yotoqda qolishi kerak bo‘lgan odamlar;
  • bolalar;
  • homilador ayollar.

Jazirama davrda issiqlik ta’sirini yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar

Foto: Wday
  • To‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joylarda bo‘lmang, ayniqsa, soat 12:00 dan 16:00 gacha.
  • Bosh kiyim kiying.
  • Xonada (uy yoki ishxonada) optimal haroratni saqlang.
  • Tabiiy matolardan tikilgan yengil va keng kiyim kiying.
  • Yetarlicha suv iching.
  • To‘g‘ri ovqatlaning.
  • Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni to‘xtating.

Yozda sog‘lig‘ingiz yomonlashsa, nima qilish kerak?

Agar ko‘chada yurgan vaqtingiz ahvolingiz yomonlashganini his qilsangiz — bosh aylanishi, nafas yetishmasligi, ko‘krak qafasida og‘riq yoki noqulaylik bo‘lsa, darhol soya joyga borishingiz lozim. Agar bu qiyin bo‘lsa, atrofdagilardan yordam so‘rang.

So‘ng qanday yo‘l tutish kerak?

Foto: Wday
  • Soyada o‘tiring.
  • Suv iching, yuz va qo‘lingizni suv bilan chayqang.
  • Agar o‘n daqiqa ichida ahvolingiz yaxshilanmasa, tez yordam chaqiring yoki atrofdagilardan chaqirib berishlarini so‘rang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Issiq ob-havo yurak va qon tomirlariga qanday ta’sir qiladi?