Foto: Getty Images
“Yozning jazirama kunlarida ham issiq choy ichish sizni issiqlikdan qutqaradi”, deydi shifokor-toksikolog Mixail Kutushov. Uning ta’kidlashicha, issiq suv yoki choy ichish tanadagi issiqlikni qisqa fursatda chiqarib yuborishiga yordam beradi va natijada tana sovishni boshlaydi.
Issiq choy ichganingizdan so‘ng tanadagi ortiqcha suv bug‘lanadi, qon tomirlari kengayadi hamda qon aylanishi yaxshilanadi. Shu sababli organizm terlash orqali tabiiy ravishda soviydi va tanadagi issiqlik energiyasi tezroq chiqib ketadi.
Kutushov tavsiya etishicha, yoz kunlarida antioksidantlarga boy ko‘k choy, yalpiz, limon yoki moychechak asosidagi tinchlantiruvchi o‘simliklardan tayyorlangan choy ichish lozim. Shuningdek, immunitetni mustahkamlash uchun choyga zanjabil qo‘shish foydali bo‘ladi.
Oddiy ichimlik suvini 40 daraja issiqlikkacha bo‘lgan haroratda ichish kerak. Iliq suv tanadagi termoregulyatsiya — sovitish tizimini ishga tushiradi hamda og‘iz bo‘shlig‘i va tilni kuydirib olish xavfini kamaytiradi.
“Issiq ichimliklar yozning jaziramasiga qarshi kurashda sizga, albatta, yordam beradi. Bu usulni o‘z tajribangizda sinab ko‘ring va nazariya haqiqat ekanligiga o‘zingiz ishonch hosil qiling”, deydi Kutushov.
"Bundan tashqari, yoz kunlarining birinchi yarmida oftob to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan joylarda bo‘lmaslik, vaqti-vaqti bilan soyada dam olish, tabiiy matolardan tikilgan yengil va keng kiyimlar kiyishni unutmang”, deydi shifokor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi