17:11 / 05.08.2024
335

Ovqatdan keyin darhol choy ichish zararlimi?

Ovqatdan keyin darhol choy ichish zararlimi?
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng, taxminan, 30 daqiqa ichida suv va choy kabi hech qanday suyuqlik ichish mumkin emas, degan maslahatlarni tez-tez eshitamiz. Ba’zilar bu odat sog‘liq uchun hatto zararli ekanini ta’kidlaydi. Aslida-chi? Ushbu savolga Wday nashri shifokor mutaxassislari javob berishdi.

Foto: Artlife.ru
Choy dunyodagi eng foydali ichimliklardan biridir, ammo u haqda bir nechta ko‘plab noto‘g‘ri nazariyalar va tushunchalar mavjud. Masalan, ovqatdan avval yoki keyin darhol choy iste’mol qilish mumkin emasligi tibbiy jihatdan mutlaqo noto‘g‘ri va asoslanmagan fikrdir.

Aksincha, tushlikdan avval yoki keyin bir piyola ko‘k choy ichish so‘lak bezlari ishini faollashtiradi, natijada oshqozonga tushgan ovqat yaxshiroq parchalanadi va hazm bo‘ladi. Endokrinolog Aleksey Kalinchev so‘zlariga ko‘ra, choy va suv oshqozon shirasini kamaytirib yubormaydi va hazm tizimiga zarar yetkazmaydi. Chunki me’da shirasining kislotalilik darajasini o‘zgartirish oson emas va bu juda katta hajmdagi suyuqlikni talab qiladi.

Foto: Lori.ru
Internet olamida turli tasdiqlanmagan maqolalarda taomdan keyin 1-2 soat ichida suv ichmaslik haqidagi fikrlar haqiqatdan yiroqdir. Bundan tashqari, umumiy standartlarga ko‘ra, har bir o‘rta yoshli sog‘lom odam kuniga o‘rtacha 2 litr suv ichishi kerak. Choy ham ana shu suyuqlik ko‘rsatkichiga kiradi. Agar ovqatdan avval va keyin choy ichishdan bosh torsak, ushbu me’yorni to‘ldira olmaymiz.

Choyning birgina zarari bor: u ham bo‘lsa to‘liq ovqatlanish o‘rniga faqat choy ichishdir. Bu ertami-kechmi, gastrit, oshqozon yarasi, pankreatitga olib keladi. Achchiq choy yoki qahvani me’yordan ortiq ichish oziq-ovqat ichidagi muhim mikro va makroelementlarning so‘rilishiga xalaqit berishi mumkin. Misol uchun, achchiq qora choy temir moddasining so‘rilishini yomonlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, ovqatlanish vaqtida toza ichimlik suvi, ko‘k choy kabilarni ichish foydali hisoblanadi va hazm qilish tizimi yaxshi ishlashiga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ovqatdan keyin darhol choy ichish zararlimi?