17:57 / 11.08.2024
312

Qora ro‘yxat: ushbu ichimliklar tez terlashga sabab bo‘ladi

Qora ro‘yxat: ushbu ichimliklar tez terlashga sabab bo‘ladi
Ba’zilar yozda sharbatlar va mevali ichimliklar bilan chanqoqni qondirishni yaxshi ko‘radi, boshqalar esa hatto jaziramada ham kun davomida issiq choy ichishga odatlangan. Qiziqarlisi shundaki, ko‘p hollarda ichimlikning haroratidan ko‘ra uning ma’lum tarkibiy xususiyati sababli ko‘proq terlaymiz.

Foto: Wday
Misol tariqasida qahva, qora va ko‘k choy, shirin gazli ichimliklar, energetiklar va kakao kabi ichimliklarni keltirishimiz mumkin. Ulardagi kofein organizmga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi.

Kofein tabiiy kimyoviy birikma bo‘lib, iste’moli taqiqlangan moddalar bilan qisman o‘xshashliklarga ega. Ushbu alkaloid markaziy asab tizimining ishini jadallashtiradigan stimulyator hisoblanadi. U asab sistemasidagi ko‘plab jarayonlarni rag‘batlantiradi, shu bilan birga, tanadagi termogenez ko‘rsatkichini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida ortiqcha terlashga olib keladi.

Foto: Wday
Termoregulyatsiya bu issiqlik ishlab chiqarish va uni tanaga uzatish jarayonlarini tartibga solishdan iborat bo‘lgan jarayondir. Kofein organizmda ortiqcha issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi, natijada fiziologik jarayonlarni tartibga soluvchi va tabiiy termostat vazifasini bajaruvchi gipotalamusda belgilangan harorat darajasi osha boshlaydi. So‘ng miyaning ushbu qismi tana juda isib ketgani haqida ogohlantira boshlaydi va simpatik asab tizimini faollashtiradi. Oxir-oqibat bu terlash va tomirlarning kengayishi kabi fiziologik o‘zgarishlarga olib keladi.

Bu jarayon, ayniqsa, gipergidroz tashxisi qo‘yilgan odamlar uchun xavflidir. Ushbu kasallik ortiqcha terlash va termoregulyatsiya jarayoni buzilishi bilan kechadi. Bunday holatda allaqachon ortiqcha terlashdan aziyat chekadigan shaxslar uchun kofein taqiqlangan mahsulot sanaladi.

Foto: Wday
Kofeinning boshqa zararli jihatlari ham mavjud. Ushbu modda katta dozalarda qabul qilinganda haddan tashqari tashvishlanish, nazorat qilish murakkab bo‘ladigan titroq, yurakning tez urishi va qon bosimining oshishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, kofeinli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish kalsiy, magniy va kaliy kabi muhim elementlarning tanaga so‘rilishiga xalaqit beradi va organizmdan yuvib chiqaradi.

Ammo kofeinning afzalliklari ham mavjud:
- Oshqozon-ichak traktini yaxshilashga yordam beradi;
- Charchoqni qoldiradi;
- Diqqatni oshiradi;
- Aqliy va jismoniy faollikni rag‘batlantiradi;
- Kayfiyatni ko‘taradi.

Foto: Wday
O‘zining bir nechta foydali jihatlariga qaramay, kofeinni yoz kunlarida me’yordan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Kofeinli ichimliklarning maksimal ruxsat etilgan darajasi kuniga 150 mg ni tashkil qiladi, bu taxminan 1-2 finjon qahvaga tengdir.

Kofeinli ichimliklar iste’mol qilish vaqtida umumiy ahvolingizni kuzatib borish, uyqu sifatiga ahamiyat berish lozim. Agar ahvolingiz yomonlashganini sezsangiz, kofeindan vaqtincha voz kechish va uning o‘rniga turli choylarni ichish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qora ro‘yxat: ushbu ichimliklar tez terlashga sabab bo‘ladi