Har birimizning oldimizda turli hayotiy masalalar, katta-kichik muammolar paydo bo‘lib turadi. Lekin unga nisbatan har kimning o‘z qarashi bor. Keling, muammo bilan yuzma-yuz kelib qolganda turli burj vakillari uni qanday qabul qilishlari haqida gaplashamiz.
QO‘Y o‘z oldida ko‘ndalang turgan muammoni albatta hal qiladi. U kattami-kichikmi – farqi yo‘q: Qo‘y uni hech kimning yordamisiz, indamay echadi. Keyin esa boshini baland ko‘tarib, yo‘lida davom etaveradi.
BUZOQ masalani hal qilgach, bu haqda gapirib yuradi. To‘g‘rirog‘i, yo‘lida uchragan har bir kishiga bu haqda so‘zlab beradi. Qo‘yib bersangiz, muammoni qanday hal etgani xususida u biron gazeta-jurnal, radio yoki televizor orqali chiqish qilishdan ham toymaydi.
EGIZAKLAR muammoni hech qachon yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi, uni kimningdir elkasiga iladi. Hammaning ham emas, albatta, masalan, Qo‘yga yoki O‘qotarga yuklash mumkin.
QIChQIChBAQA muammo yaqinlashayotganini ko‘rishi bilan noliy boshlaydi, yuzma-yuz kelganda esa shunday diydiyo qiladiki… Bu ovozni o‘chirishning yagona yo‘li – o‘sha muammoni kimdir hal qilib berishidir. Keyin Qisqichbaqaning ko‘z yoshlariniyam artib qo‘yish kerak. Lekin bunday qahramon topilmasa, yo‘lini topib, muammoni o‘zi biryoqli qiladi.
ARSLON hayotida muammo yuzaga kelsa, u albatta hammani bir erga chorlaydi va yig‘ilganlar ko‘z o‘ngida muammoni engadi. Keyin esa ularga ta’zim qiladi, guldastalarni qabul qilib, istaganlarga dastxatlar berib, boshini baland tutgancha, mag‘rur chiqib ketadi.
PARIZOD darhol g‘amga ko‘miladi, ayniqsa, muammo oldindan rejalashtirilmagan bo‘lsa, bu ahvolni yanayam chigallashtirib yuboradi. Lekin u biroz o‘ylab, albatta masalaning echimini topadi va kerakli xulosani chiqarib oladi.
TAROZI albatta muammoni tarozida qayta-qayta tortib ko‘radi. Muammo bir o‘ziga ko‘plik qilishini anglab, yarmini o‘z yaqinida turgan Qo‘y yoki Arslonga bo‘lib beradi. Lekin bu usul Parizodga o‘tmaydi, chunki u hamma narsani oldindan qat’iy tartiblashtirgan.
ChAYoN muammoni yaxshilab, har tomonlama o‘rganib chiqadi. O‘ylab olgach, quvnoq ohangda: «Bu bor-yo‘g‘i bir muammo ekank-u!» deydi va barini unutib yuboradi.
O‘QOTAR juda xafa bo‘ladi, keyin esa kulgisi qistaydi. Muammo ustidan kuladi, oldingi muammolarni bir-bir eslaydi, bu haqda butun olamga jar soladi va keyin hammasini shunchaki miyasidan chiqarib yuboradi. Agar o‘z-o‘zidan hal bo‘lmasa, muammoni birovga, masalan, Arslon yoki Qo‘yga yuklab qo‘yish mumkin.
TOG‘ EChKISI ortiqcha harakat qilishni istamagani bois ham darhol muammoni aylanib o‘tish tadorigini ko‘radi. Ko‘pincha bu usul ish beradi, bo‘lmasa, o‘ziyam muammoni bemalol o‘zi hal qila oladi.
QOVG‘A muammoni hayrat bilan kutib oladi; har tomonlama tomosha qilib, juda ko‘p yangi jihatlarni topadi. Agar shunday muammo avval ham uchraganini sezsa, darrov tushkunlikka tushib, Chayonni izlay boshlaydi. Chayon esa doimgiday bahona topib, juftakni rostlab qoladi, Qovg‘aning tushkunligi bo‘lsa sekin-asta yo‘qola boshlaydi.
BALIQ nimasi bilandir Qisqichbaqaga o‘xshab ketadi, faqat uning diydiyosi biroz pastroq ovozda bo‘ladi. Shu bois uning muammolari bir umrlik, echimsiz bo‘ladi. Chunki hech kim hol so‘ramasa, muammoni hal qilib bermasa, u bilan o‘zi shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi