15:00 / 08.10.2024
73

Mikroto‘lqinli pechda isitish mumkin bo‘lmagan 5 ta mahsulot

Mikroto‘lqinli pechda isitish mumkin bo‘lmagan 5 ta mahsulot
Foto: Britannica
Mikroto‘lqinli pechlarning ommalashishi insonlarning kundalik hayotdagi yumushlarni sezilarli darajada yengillashtirdi. Bugungi kunda mikroto‘lqinli pechdan nafaqat ovqat isitishda, balki turli xildagi taomlarni tayyorlashda ham foydalaniladi. Biroq ushbu texnika mo‘jizasidan ayrim mahsulotlarga termik ishlov berishda foydalanmagan ma’qul.

Kolbasa mahsulotlari

Har xil kolbasa va kolbasa mahsulotlariga uzoq muddat saqlanishi uchun ko‘plab konservantlar qo‘shiladi. Konservantlarsiz bunday turdagi oziq-ovqatlar tezda o‘z ta’mini yo‘qotadi va yaroqlilik muddati qisqaradi.

Kolbasa mahsulotlarini mikroto‘lqinli pechda isitganda ulardagi kimyoviy qo‘shimchalar darhol oksidlanadi. Bu esa keyinchalik ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir qiladi.

Achchiq qalampir

Termik ishlov berilganda qalampir tarkibidagi achchiq modda havoda parlanadi, natijada achchiq bug‘ burun, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum shilliq pardalarini yallig‘laydi, ko‘zlarni yoshlatadi. Bu holat, ayniqsa, astma kasalligiga chalinganlar uchun xavflidir.

Qaynatilgan tuxum

Qaynatilgan tuxumning po‘stlog‘i mikroto‘lqinli pechda qizitish vaqtida issiqlikning bug‘lanishiga to‘sqinlik qiladi. Mahsulot ichida hosil bo‘lgan bosim tuxumning portlashiga olib keladi. Agar qaynatilgan tuxum po‘stlog‘idan tozalansa va bo‘laklarga bo‘linsa, unday holda mikroto‘lqinli pechda isitish hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Nordon sut mahsulotlari

Qatiq, kefir, smetana yoki ryajenka kabi nordon sut mahsulotlari sut kislotasi bakteriyalariga boy. Ushbu tabiiy mahsulotlar mikroto‘lqinli pechning yuqori haroratiga bardosh bera olmaydi va nobud bo‘ladi. Natijada, mahsulotning hech qanday foydali xususiyati qolmaydi, buning ustiga, tez aynib qoladi.

Asal

Suyuq va yangi olingan tabiiy asal vaqt o‘tishi bilan kristallanadi va qattiqlashadi. Bunday zichlikdagi asalni qoshiq bilan yeyish bir oz noqulay bo‘lganligi uchun isitiladi. Lekin mikroto‘lqinli pechlar asalni eritish uchun mos emas, chunki uning to‘lqinlari mahsulotning barcha foydali xususiyatlarini qizdirib, yo‘qqa chiqaradi.

Shuning uchun asalni issiq suv (taxminan 50 daraja issiq) solingan idishda yumshatish maqsadga muvofiqdir, uni qaynoq suvda ham eritish mumkin emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mikroto‘lqinli pechda isitish mumkin bo‘lmagan 5 ta mahsulot