Foto: iStock
Ma’lumki, ozishni maqsad qilgan va parhezni boshlagan har bir odam ratsionida avvalo mayonez kabi yog‘li va kaloriyaga boy mahsulotni chiqarib tashlaydi. Ketchup esa souslar ichida kamroq kaloriyaga ega va foydaliroq tuyuladi. Aslida esa qanday?
Ketchup va mayonez nimadan tayyorlanadi?
Hozirgi kunda keng qo‘llaniladigan o‘zgartirilgan ketchup retsepti XX asrning boshlarida Qo‘shma Shtatlarda natriy benzoat konservantidan foydalanish zarurati haqidagi munozara natijasida paydo bo‘lgan. U o‘zida tomat pastasi yoki pyuresi, tabiiy pomidor, ziravorlar, o‘simlik yog‘i va bir nechta turdagi xushbo‘ylantiruvchi moddalarni saqlashi mumkin.
Masalan, “ekstra” kategoriyasiga tegishli ketchup kamida 12% tomatli eruvchan quruq moddalar bo‘ladi va hech qanday bo‘yoq qo‘shilmaydi. Birinchi va ikkinchi kategoriyaga tegishli ketchuplarda esa bu ko‘rsatkich atigi 4-6 foizni tashkil etadi.
Foto: iStock
Mayonez esa asosan tabiiy mahsulotlardan: o‘simlik yog‘i, limon sharbati va tuxum sarig‘i hamda xantal kukunidan tayyorlanadi. Ularning har biri o‘ziga xos foydali xususiyatlarga ega. O‘simlik yog‘larida esa to‘yinmagan kislotalar ham mavjud. Ketchupdan farqli ravishda mayonezlar hech qanday kategoriya va turlarga ajratilmaydi, faqatgina qo‘shimchalar bilan ajralib turishi mumkin.
Sanoat usulida tayyorlangan mayonez uch kundan ortiq saqlanishi mumkin. Vakuum ostida qadoqlash, mahkamlash kabi maxsus usullar saqlash muddatini oshirishga yordam beradi. Buning uchun konservantlar, quyuqlashtiruvchi moddalar, stabilizatorlar va bo‘yoqlar qo‘llaniladi.
Ketchup va mayonezning energetik qiymati
Foto: iStock
Mayonezdagi kaloriyalar miqdori ketchupdan olti baravar ko‘p. Mayonez yog‘li sous hisoblanib, undagi makronutriyentlar zararli emas va me’yorda iste’mol qilinganda sog‘liq uchun foydalidir.
Agar kuniga o‘rtacha 2500 kilokaloriya miqdorida taom yesak, undan 750 kilokaloriyasi yog‘lardan iborat bo‘ladi. Bu 83 gramm yog‘ demakdir. Bir osh qoshiq mayonezda esa taxminan 10 gramm yog‘ mavjud.
Ketchupda deyarli yog‘ yo‘q. Ammo u o‘zida juda ko‘p shakarni saqlaydi. 100 gramm ketchup ichida o‘rtacha 21 gramm shakar bo‘ladi. Shakar esa zararli mahsulotlar ro‘yxatida turadi.
Qaysi sous foydaliroq? Ketchupmi yoki mayonez?
Souslardan birini mutlaqo foydali, ikkinchisi esa zararli deb aytib bo‘lmaydi. Ikkisi ham iste’mol miqdoriga qarab turli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Agar kundalik ratsionda yog‘lar miqdori ko‘p bo‘lsa, mayonezni kamroq, shakar miqdori ko‘p bo‘lsa, ketchupni kamroq yegan ma’qul. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun parhez tutayotgan shaxslar esa umuman souslarni iste’mol qilmagani yaxshi.
Qaysi biri foydali, Mayonez, Ketchup, Sous “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Putin MDH yetakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi