Dushanba koʻpchilik uchun sevimli kun emas. Dam olish kunlari juda qisqa tuyuladi, haftaning birinchi kuni esa koʻpincha stress bilan boshlanadi. Ammo oddiy qoidalarga amal qilib, dushanba kuniga nisbatan munosabatingizni oʻzgartirishingiz mumkin. Quyidagi 4 maslahat sizga yordam beradi:
1. Stress omillarini bartaraf eting
Dushanba kunidan oldin hayotingizni osonlashtiring. Masalan, kiyimlaringizni tayyorlab qoʻying, ish sumkasini yigʻing yoki nonushta uchun mahsulotlarni oldindan tayyorlashni odat qiling. Bularni yakshanba kuni bajarsangiz, hafta osonroq boshlanadi.
2. Tinch uyquga e'tibor bering
Yakshanba kechasi kech yotish orqali dam olish kunlaringizni buzmang. Meditatsiya qiling, yaxshi kitob oʻqing yoki sayr qiling. Etarli darajada uyqu – dushanbada energiyani saqlab qolishning eng yaxshi usulidir.
3. Kutiladigan narsalarni rejalashtiring
Dushanba kunini yoqimli oʻtkazish uchun oʻsha kunga quvonch keltiradigan ishlar bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin. Masalan, doʻstlar bilan uchrashuv, sport mashgʻulotlari yoki massajga borish ruhingizni koʻtaradi.
4. Fikrlashni oʻzgartiring
Koʻpchilik dushanbani yoqtirmaslik odatiga oʻrganib qolgan. Aslida, tadqiqotlar dushanba kunidan hayotdan qoniqish darajasi boshqa kunlardan past emasligini koʻrsatadi. “Mening dushanbam ajoyib boʻladi” yoki “Bugun yaxshi kun boʻlishiga ishonaman” kabi ijobiy fikrlar kayfiyatingizni yaxshilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar