Egasi nima sababdan yaxshi ko‘rgan otini sotmoqchi bo‘lganini aytdi: uni qaytarish uchun pul yig‘ilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda sotish uchun bozorga olib kelingan ot egasini olib chiqib ketishga urinayotgani aks etgan videoning davomi tarqaldi. Unda otning taqdiriga befarq bo‘lmagan bloger uning egasi bilan uchrashib, otni qaytarib olish masalasida muhim yangilikni ma’lum qildi.
Bloger ot egasidan oradan ikki kun o‘tib, hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani va o‘zini qanday his qilayotganini so‘radi. Erkak esa bu voqea unga qattiq ta’sir qilganini, ichidagini so‘z bilan to‘liq ifodalashga qiynalayotganini aytdi.
Suhbat davomida bloger B.ning ota-onasini parvarishlash zarurati tufayli otini sotishga majbur bo‘lganini hamda otning egasiga uni qaytarish uchun harakatlar boshlanganini bildirdi. Uning aytishicha, otning hozirgi egalari bilan muzokara olib borilgan va ular hayvonni sotishga ko‘ndirilgan.
Endi otni avvalgi egasiga qaytarish uchun zarur mablag‘ yig‘ish qolgan. Bloger ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lganlarga yordam berish imkoniyati yaratilishini, buning uchun karta ma’lumotlari e’lon qilinishini aytdi. Kerakli mablag‘ yig‘ilishi bilan karta ma’lumotlari olib tashlanishi hamda otni B.ga topshirish jarayoni videoga olinib, e’lon qilinishi ta’kidlandi.
Otning egasi esa ko‘pchilikning befarq bo‘lmagani va ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Videoga qoldirilayotgan izohlarda ham foydalanuvchilar otning tezroq avvalgi egasiga qaytarilishini istayotganini yozmoqda.
Siz bu tashabbus haqida qanday fikrdasiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Otning keyingi taqdiri haqidagi yangiliklarni ham kuzatib boring.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…