Opta superkompyuteri YECHL favoritlarini yangiladi: asosiy da’vogar klublar...

Nufuzli Opta statistika va tahlil markazi Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvlari yakunlanganidan so‘ng jamoalarning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.
«To‘pchilar»da ilk chempionlik uchun eng yuqori imkoniyat
Superkompyuter talqiniga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi musobaqa g‘olibligi uchun asosiy favorit bo‘lib turibdi. Tahlilchilar «to‘pchilar»ning o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra ko‘tarish ehtimolini 18,6 foizga baholashdi.
Kuchli uchlikdan Myunxenning «Bavariya» (16,29%) hamda Kataloniyaning «Barselona» (12,58%) jamoalari joy oldi. So‘nggi ikki mavsum davomida musobaqa g‘olibligini hech kimga bermay kelayotgan Parijning «PSJ» klubi esa 12,37 foiz ko‘rsatkich bilan 4-pog‘onaga joylashdi. Italiyaning «Komo» jamoasi kuchli o‘nlikdan o‘rin olgani esa e’tiborga molik natija bo‘ldi.
Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan 10 ta jamoa (Opta talqini):
O‘rin | Jamoa | G‘olib chiqish ehtimoli |
1 | «Arsenal» | 18,6% |
2 | «Bavariya» | 16,29% |
3 | «Barselona» | 12,58% |
4 | «PSJ» | 12,37% |
5 | «Real» | 10,69% |
6 | «Manchester Siti» | 6,77% |
7 | «Liverpul» | 6,31% |
8 | «Inter» | 3,37% |
9 | «Borussiya D» | 2,33% |
10 | «Komo» | 2,23% |
Eslatib o‘tamiz, Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida so‘nggi ikki mavsumda «PSJ» chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Sizningcha, Opta superkompyuterining taxmini o‘zini oqlab, «Arsenal» nihoyat o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylana oladimi?
O‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring va futbol ixlosmandlariga ushbu qiziqarli reytingni darhol ulashing!
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…