15:17 / 27.01.2025
476

Inson organizmida eng koʻp tanqisligi kuzatiladigan vitaminlar

Inson organizmida eng koʻp tanqisligi kuzatiladigan vitaminlar
Foto: Freepik
Vitaminlar tanqisligi sogʻliqda turli buzilishlarga olib kelishi mumkin, chunki ular organizm toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlgan muhim moddalar hisoblanadi. Qaysi turdagi vitaminlar dunyo aholisining aksariyat qismida kam uchrashi haqida gastroenterolog Olga Pomoyneskaya batafsil soʻzlab berdi.

Statistik ma'lumotlarga koʻra, C vitamini tanqisligi eng koʻp uchraydigan holatdir:
Ushbu vitamin koʻplab oʻsimlik va mahsulotlarda mavjudligiga qaramay, biz hali ham uni etarli darajada iste'mol qilmaymiz. Asosiy muammo shundaki, organizm uni yaxshi sintez qilmaydi va vitamin tanaga yaxshi soʻrilmaydi. Shu sababli mavsumiy rezavorlar, tsitrus mevalarni iste'mol qilish kerak. Bundan tashqari, C vitamini nafaqat limonda, balki yashil oʻsimliklarda ham mavjud.

C vitamini tanqisligi birinchi oʻrinda immunitetni zararlaydi:
Siz tez-tez kasal boʻla boshlaysiz. Bu element temir almashinuvi, buyrak usti bezi funktsiyasi va tishlar salomatligi uchun ham zarur.

Gastroenterologning qoʻshimcha qilishicha, organizmda B vitamini tanqisligi ham koʻp uchraydi:
Ushbu vitamin suvda eriydigan tur boʻlgani sababli ularni har kuni tanosil yoʻllari orqali yoʻqotamiz. B vitamin guruhi markaziy va periferik asab tizimining ishlashi uchun javobgardir. Ular xotira, reaktsiya tezligi, energiya va immunitetga ham ta'sir qiladi. Bu vitaminlar organizmdagi deyarli barcha asosiy biokimyoviy jarayonlarning faollashtiruvchi birikmalar hisoblanadi.

Foto: Freepik
Shifokor B9, B12 va B6 vitaminlari yetishmovchilik xavfi yuqori ekanligini alohida qayd etdi:
Asabiylik, charchoq, asab tizimining baland tovushlarga, yorqin nurga dosh bermasligi, uyqu sifati, soch va terining yomonlashishi — bularning bari B9, B12 va B6 vitaminlari etishmasligining yaqqol belgilaridir.

Shuningdek, mutaxassis D3 vitamini haqida ham aytib oʻtdi:
U minerallar almashinuvi uchun mas'uldir. D vitamini qalqonsimon bez va immunitetning normal ishlashi uchun javobgar. Bundan tashqari, sochlar, tirnoqlar, terining sifati, jigar faoliyati va ayollar salomatligi uchun muhimdir. D3 vitamini kerak boʻlganda qoʻshimcha qabul orqali toʻldirilishi kerak, chunki uni oziq-ovqatdan etarli darajada olishning doim ham iloji yoʻq.

Eslatma: har qanday vitamin va biologik faol qoʻshimchalarini qabul qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali