23:07 / 09.11.2016
10 273

Odamlarga ishonasizmi?

Odamlarga ishonasizmi?

Suhbatdoshga bo‘lgan ishonchsizlik odamning so‘zlaridan, ko‘z qarashlaridan sezilib turadi. Buni payqagan suhbatdosh ham darhol muomalani o‘zgartirishi mumkin. Xo‘sh, natijachi? Oqibatda o‘rtadagi munosabatlarga putur etadi. Keling, siz ham ushbu test yordamida boshqalarga nisbatan ishonchingiz qay darajada ekanini tekshirib ko‘ring.

1. Odamlar ko‘pincha boshqa narsani gapirishadiyu, amalda boshqacha ish yurutishadi. Shu rostmi?
a) Ha, bu ajoyib! (2 ball)
b) Bo‘lib turadi (1 ball)
v) Bo‘lishi mumkin emas (0 ball)

2. Kunlarning birida yaqin do‘stingiz sizni aldayotganini payqasangiz:
a) Bilmaslikka olaman (0 ball)
b) Aldayotganini fosh etaman (1 ball)
v) Menga bu ishi yoqmasada, ortiq aldamasligini iltimos qilib o‘tirmayman (2 ball)

3. Ko‘pchilik garchi qiyin bo‘lsada, faqat haqiqatni gapirishni ma’qul ko‘rishadimi?
a) Yolg‘on gapdan nima foyda (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Haqiqat bari bir hayotda kamroq bo‘lsa kerak (2 ball)

4. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?
a) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi (0 ball)
b) Har doim ham emas (1 ball)
v) Yo‘q, menga hech kim xalal bermasa deyman (2 ball)

5. Siz boshqalarning og‘irini yengil qilishdan o‘zingizni tiyasizmi?
a) Buni faqat o‘zim bilaman (2 ball)
b) Gohida bo‘lib turadi (1 ball)
v) Har kimning hayotga o‘z qarashlari bor (0 ball)

6. Afsuski, tez-tez shunday voqealar bo‘ladiki, yaqin do‘stlaringiz tashqaridan turib sizni g‘iybat qilishadi.
a) Buni anchadan beri sezaman (2 ball)
b) Bo‘lishi mumkin (1 ball)
v) Yo‘q, men do‘stlarimga ishonaman (0 ball)

7. Qachondir yaqin do‘stingiz sizga buyruq bera boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?
a) Atayin teskarisini qilaman (2 ball)
b) Turlicha yo‘llar tutaman (1 ball)
v) Bahslashib o‘tirmayman (0 ball)

8. Agar kimnidir tanqid qilsangizu, u to‘g‘ri yo‘lga tushib olsa va tanqidingiz javobsiz qolib ketsa:
a) Eslatib o‘tirmayman (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Yana takrorlab, eslatib ko‘raman (2 ball)

9. Odamlar gohida o‘zlarini juda g‘alati tutishadi va oqibatda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shunday bo‘lganda siz qanday yo‘l tutasiz?
a) Birovlarning xatolaridan xulosalar chiqaraman (0 ball)
b) Turlicha yo‘llarni qidiraman (1 ball)
v) Ularning ishlariga aralashmayman (2 ball)

10. Ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldiyu, kimdir sizga jahl qila boshlasa:
a) Uni tinchlantirishga urinaman (0 ball)
b) Nima qilishni bila olmagan bo‘lardim (1 ball)
v) Bu mening ham jahlimni chiqaradi (2 ball)

NATIJALAR:

0—6 ball. Siz ishonuvchan, ochiq va rashk nimaligini bilmaydigan odamsiz. Odamlar bilan tez til topishib keta bilasiz. Ko‘ngilsizliklarni, xafagarchiliklarni tez unutasiz.

7—14 ball. Har doim ham boshqalarga ishonib ketavermaysiz. Agar yolg‘onchiligini bilib qolsangiz, o‘sha odam bilan hamkorlik qilishdan darhol bosh tortasiz. Gohida uzoq vaqt kek saqlab yuradigan odatingiz ham yo‘q emas.

15—20 ball. Siz odam faqat o‘ziga ishonishi lozim deb hisoblaysiz. Faqat yolg‘iz ishlashni, dam olishni ma’qul ko‘rasiz. Kimdir sizga yoqmasa, beo‘xshov harakatlari bilan jahlingizni chiqarib qo‘ysa, uzoq vaqt ko‘z oldingizdan ketkaza olmay qiynalasiz. Sizni boshqalarning manfaatlari, qiziqishlari, orzu-umidlari va armonlari umuman qiziqtirmaydi. Faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylaysiz, qayg‘urasiz va shu hayotni bir umrga o‘zingiz uchun shior qilib olgansiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odamlarga ishonasizmi?