15:48 / 23.03.2025
2 854

Qanday qahva haqiqatan ham foydali: shifokorlarning fikri

Qanday qahva haqiqatan ham foydali: shifokorlarning fikri
Diyetolog Irina Pisareva va nutritsiolog Irina Sarkova mazkur ichimlik iste’moli bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Ertalabni bir finjon bronekofe bilan boshlash yurak-qon tomir tizimi uchun foydali. Bu haqda Ura.ru axborot agentligiga diyetolog Irina Pisareva ma’lum qildi. Noodatiy nom ortida butun donli klassik qora kofe va moy qo‘shilgan ichimlik yashiringan.

«Hozirda MCT-moyi (o‘rta zanjirli triglitseridlar moyi, masalan, kokos moyi) yoki eritilgan gxi moyi yoki oddiy saryog‘ ommalashgan. Ular triglitseridlar (energiya manbai bo‘lgan yog‘lar) va foydali yog‘larning yaxshilanishiga yordam beradi», — deb tushuntirdi mutaxassis.

Ichimlikning foydasiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun Pisareva laboratoriya tahlillarini topshirishni tavsiya qildi. Bu usul orqali organizmning kofeni qabul qilish yoki qabul qilmasligini aniqlash mumkin.

Irina Sarkova hamkasbi fikrini qo‘llab-quvvatlab, eng foydali kofe yangi maydalangan va shakarsiz bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U shakar o‘rniga boshqa mahsulotlarni tavsiya etdi:

«Kofega dorivor ziravorlar, ayniqsa, dolchin (koritsa) qo‘shish juda yaxshi, chunki u kuchli antioksidant bo‘lib, ichimlikning salbiy ta’sirini yumshatadi. Agar kardamon bilan qaynatilsa, bu nafaqat mazali, balki foydali ham bo‘ladi», — dedi mutaxassis.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali