
Bahor nafaqat tabiat balki inson organizmi uchun ham yangilanish davri hisoblanadi. Ayniqsa ayollar bu faslda o‘z salomatligi va tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor berishlari lozim.
1. To‘g‘ri ovqatlanish: Bahorda immunitet pasayadi. Ratsionga ko‘katlar, S vitaminiga boy mevalar – limon, apelsin, ismaloq va brokkolini qo‘shing.
2. Teri parvarishi: Quyosh nurlari kuchaya boshlaydi. Shuning uchun SPF krem, namlovchi niqob va engil peelinglardan foydalaning.
3. Jismoniy faollik: Yengil yugurish, yurish yoki yoga tanani faollashtiradi, kayfiyatni ko‘taradi.
4. Gormonal muvozanat: Ba’zi ayollarda bahorda holsizlanish, asabiylik paydo bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qiling.
5. Ruhiy holat: Pozitiv fikrlash, sayohatlar va yangi rejalarning tuzilishi ruhiy sog‘liqni mustahkamlaydi.