date
views 70

Olimlar aniqladi: 75 daqiqa ishlab, 33 daqiqa tanaffus qiling!

Olimlar aniqladi: 75 daqiqa ishlab, 33 daqiqa tanaffus qiling!
Ko‘p ishlash — doim ham samarali ishlashni anglatmaydi. Yaqinda e’lon qilingan ilmiy tahlil buni yana bir bor isbotladi. Britaniyaning The Daily Mail nashri DeskTime platformasiga tayanib yozgan maqolada qayd etilishicha, 2024- yilda 6000 kishi ishtirok etgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, mehnat unumdorligini oshirish uchun eng maqbul ishlash formati — 75 daqiqa tinimsiz ishlash va 33 daqiqa tanaffus qilishdan iborat ekan.

Bu yangi sikl 75/33 deb nomlanib, ayniqsa ofis muhitida ishlovchi xodimlar uchun qo‘l keladi, deydi DeskTime kompaniyasining bosh direktori Artis Rozentals. Unga ko‘ra, ish joyida bo‘lgan insonlar ko‘pincha o‘zini dam olishga imkoniyat beradi — kofe ichadi, hamkasblar bilan suhbatlashadi, ko‘chaga chiqib kelishadi. Avvalo bu foydali emasdek tuyulsa-da, amalda bunaqa dam olishlar organizm uchun «qayta zaryad» manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, kompaniya oldingi yillarda ham shunga o‘xshash tadqiqotlarni o‘tkazgan:

- 2014- yilda — 52 daqiqa ish va 17 daqiqa tanaffus;

- 2021- yilda — 112 daqiqa ish va 26 daqiqa dam olish samarali deb topilgan.

Rozentalsning ta’kidlashicha, natijalarga dunyo miqyosidagi ish formati o‘zgarishlari ta’sir qilgan. Masofadan ishlash davrida shaxsiy hayot bilan ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash qiyinlashgan bo‘lsa, bugungi kundagi gibrid ish rejimi esa qaytadan ofisdagi faoliyatga qaytishni taqozo etmoqda.

Shu bois, yangi 75/33 sikli aynan ofis muhitini hisobga olgan holda shakllangan. Uning samarasi shundaki, xodim nafaqat ishda yuqori natijalarga erishadi, balki ruhiy holatini ham barqaror saqlaydi.

Ish hayotida shunday oddiy qoidalarga amal qilish — nafaqat ish samaradorligini oshiradi, balki insonning umumiy hayot sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yaxshi ishlashni istasangiz — to‘g‘ri dam olishni ham unutmang!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Olimlar aniqladi: 75 daqiqa ishlab, 33 daqiqa tanaffus qiling!