
Har kuni ertalab bir finjon qahva ichmasdan ish boshlay olmaydiganlar uchun muhim ma’lumot: eriydigan qahva organizm uchun zararli emas, biroq u foydali ichimlik ham sanalmaydi. Mutaxassislar uni doimiy va me’yorsiz iste’mol qilishdan ogohlantirmoqda.
Ta’kidlanishicha, eriydigan qahvani haddan tashqari ko‘p ichish inson organizmida yurak urishining tezlashishi, asab tizimidagi sezgirlik, qo‘llarda titrash va hatto uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Yurak-qon tomir tizimi va oshqozon-ichak faoliyatida muammolari bor insonlarga bunday qahvadan butunlay voz kechish tavsiya etiladi,” — deydi sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassis.
Shuningdek, u GOST talablariga ko‘ra, eriydigan qahva tarkibida hech qanday qo‘shimcha moddalar bo‘lmasligi kerakligini qayd etdi. Agar unda aromatizatorlar, stabilizatorlar yoki boshqa moddalar mavjud bo‘lsa, u endi qahva emas, balki qahva ichimligi hisoblanadi.
Nega eriydigan qahva foydali emas?
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, eriydigan qahva donli qahvadan ishlov berish jarayonida ajralib turadi. Xom ashyoni qayta ishlashda u tarkibidagi efir moylari, V vitamini guruhi va boshqa oziqaviy moddalarni yo‘qotadi. Boshqacha aytganda, eriydigan qahva shunchaki vaqtni tejaydigan ichimlik, xolos.
Sifatli qahvani qanday tanish mumkin?
Sifatli qahva maxsus ishlangan aralashma orqali o‘zining o‘ziga xos xushbo‘y hidi va mazasi bilan ajralib turadi. Agar qahvada kuygan shakar ta’mi, haddan tashqari achchiqlik yoki mutlaqo mazasizlik bo‘lsa — bu mahsulot tayyorlash texnologiyasi buzilganidan dalolat beradi.
Mutahassis har bir inson uchun qahva miqdori individual ekanini ta’kidladi. Biroq, uni tushlikdan keyin, kechqurun yoki ketma-ket bir necha finjonda iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, eriydigan qahva har qancha vaqt tejashga yordam bermasin, uni me’yorda va ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish foydangizni ta’minlaydi. Aks holda, organizm sizni qo‘llar titrashi va yurak urishining kuchayishi bilan ogohlantirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar