date

Kunduzgi 20 daqiqalik uyqu qaysi foydalarga ega ekani ma’lum bo‘ldi

Kunduzgi 20 daqiqalik uyqu qaysi foydalarga ega ekani ma’lum bo‘ldi
Ortiqcha charchoq va kun davomidagi pasaygan kayfiyatni yengib o‘tishning eng samarali usullaridan biri – bu qisqa dam olish, ya’ni “qisqa uyqu” hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, kunning o‘rtalarida 20-25 daqiqalik uyqu insoniyat uchun juda foydali. Bu kabi uyqu nafaqat konsentratsiyani oshiradi, balki xotirani ham yangilab, umuman olganda, kayfiyatni ancha yaxshilaydi.

Eng asosiysi, bu uyquning davomiyligi 25 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar siz to‘liq uyquga ketib qolsangiz, uyg‘ongan paytda o‘zingizni xastaligingiz yoki zaiflik hissi bilan uyg‘onasiz. Shuning uchun, tezkor uyqu vaqtida budilnik qo‘yish tavsiya etiladi.

Uyqu uchun eng yaxshi vaqt esa 13:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan soatlardir. Bu vaqtda miya faoliyati sekinlashadi va tana dam olishga moyillashadi. Agarda bu paytda uyqu imkoni bo‘lmasa, kamida toza havoda sayr qilish ham miya uchun foydali hisoblanadi.

Agar to‘liq kuch va energiyani tiklash maqsad qilinsa, shunchaki 90 daqiqalik uyqu – ya’ni to‘liq uyqu siklini bajarish yaxshi samara beradi. Bu davomda miya barcha uyqu bosqichlaridan o‘tib, organizm to‘laqonli tiklanish imkoniga ega bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, qisqa dam olish va uyqu kun davomidagi energiya, xotira va kayfiyatni oshirishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan, kun davomida 20 daqiqalik uyqu yoki toza havoda sayr qilishni odat qiling – badan va aql uchun bu eng yaxshi yordamchilardan biri!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kunduzgi 20 daqiqalik uyqu qaysi foydalarga ega ekani ma’lum bo‘ldi