
Vaqt — eng qimmat resurslardan biri. Quyida undan unumli foydalanish uchun 15 ta samarali usul bilan tanishing:
. Hotiraga ishonmang. Vazifalaringizni yozib boring va miyangizni yengillashtiring.
. Afzalliklar ro‘yxatini tuzing. Bu muhim ishlarni aniqlashga yordam beradi.
. Har hafta oxirida keyingi hafta uchun reja tuzing.
. Qiziqarli fikrlarni yozib borish uchun daftar yoki diktofon olib yuring.
. Maqsadlaringizga to‘g‘ri kelmagan takliflarga “yo‘q” deyishni o‘rganing.
. Harakatdan oldin ozgina o‘ylab ko‘ring, lekin ortiqcha emas.
. O‘zingizni rivojlantirish uchun ham vaqt ajrating.
. Vaqtingizni nimaga sarflayotganingizni biling.
. Sizga mos vaqtni boshqarish usulini tanlab, doimiy qo‘llang.
. Zararli odatlaringizni tahlil qiling va foydali odatlar bilan almashtiring.
. Boshqalarga yoqish uchun o‘zingizni unutmang.
. Yutuqlaringizni yozib borish uchun jurnal yuriting.
. Har bir ishni mukammal qilish shart emas.
. O‘zingizni ortiqcha topshiriqlar bilan yuklamang.
. Ustuvor bo‘lmagan ishni samarali bajarish vaqtni to‘g‘ri sarflash degani emas.
Ushbu maslahatlar kundalik hayotingizda sizga yordam beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar