Bektemirda to‘rtta ko‘p qavatli uyda gaz o‘chiriladi

Jamiyat1 daqiqa o'qish7
Bektemirda to‘rtta ko‘p qavatli uyda gaz o‘chiriladi

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi «Mirishkor» mahallasida 25 noyabr kuni gaz quvurini ko‘chirish ishlari bajariladi. Diametri 57 millimetr bo‘lgan past va o‘rta bosimli quvur ko‘p qavatli uylar orasidan xavfsiz joyga olib o‘tiladi. Mazkur uylar «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan.

Gaz quvurini ko‘chirish ishlari «Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filialiga qarashli «Bektemirtumangaz» bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlar sababli 25 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Uzilish 37, 38, 39 va 29B-sonli ko‘p qavatli uylarni qamrab oladi. Bu esa jami 381 ta xonadonga ta’sir qiladi. Shuningdek, 14 ta ulgurji iste’molchi ham gazsiz qoladi.

Quvurni ko‘chirish ishlari tugagach, gaz ta’minoti xavfsizlik qoidalariga muvofiq bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Iste’molchilarga gaz berish jarayoni haqida xabar berib boriladi.

«Bektemirtumangaz» bo‘limi vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ragan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?