date

Chamadon g‘ildiraklaridagi xavf: uyingizga qanday mikrob olib kelasiz?

Chamadon g‘ildiraklaridagi xavf: uyingizga qanday mikrob olib kelasiz?
Sayyohlik hayotida aksariyatimiz bagaj tozaligi haqida yetarlicha o‘ylamaymiz. Ta’tildan kaytib, chamadonni darrov karavot yoki gilam ustiga qo‘yish odatimiz bo‘lsa-da, mikrobiologlar buni xavfli ekanini ta’kidlamoqda. Tengri Travel va Daily Mail nashrlari yozganidek, zamonaviy tadqiqotlar chamadon g‘ildiraklari jamoat hojatxonasi o‘rindig‘iga nisbatan 58 barobar iflos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi!

Chamadon — mikroblar magniti

Aeroport, ko‘cha, mehmonxona va transportda g‘ildiraklar turli yuzalar bilan aloqada bo‘lib, ko‘zga ko‘rinmas patogenlar va mikroblarni o‘z ichiga yig‘adi. Mikrobiolog Emi-Mey Poynter ta’kidlashicha, chamadon g‘ildiraklari va tagi — mikroblar uchun “qizil yo‘l”. Sayyohlar ularni uyiga olib kiradi va mikroblar gilam, karavot, hatto ovqatlanish stollarigacha yetib boradi.

Toza bagaj — xavfsiz uy

Mikrobiologlar “sayohatchi mikroblar”dan himoyalanish uchun bir qator sodda, ammo muhim qoidalarni tavsiya qiladi:
  • Chamadonni uyga kirganda maxsus taglikka qo‘yish yoki vanna xonasida saqlash, dush qalpoqchalaridan foydalanish;
  • Iflos yuzalar va ko‘lmaklardan uzoqroq yurish;
  • Bagajni ushlagandan so‘ng qo‘llarni yuvish, chunki tutqichlar ham kir bo‘ladi;
  • Chamadon g‘ildiraklari va asosini antiseptikli salfetka yoki sovunli latta bilan artish;
  • Olinadigan g‘ildiraklarni iloji bo‘lsa, iliq suv va sovun bilan yuvib turish;
  • Matoli xaltachalarni changyutgich va eritmali yumshoq cho‘tka bilan mog‘ordan tozalash.

Bundan tashqari, har safar sayohatdan qaytganingizda bagaj tozaligiga e’tibor qarating. Aks holda, bir necha kunlik sayohatdan so‘ng uyingizga bakteriya va patogenlar “mehmon” bo‘lib kiradi.

Sayyohlarga yana bir maslahat

2023 yilda Parijda yotoq kanalari epidemiyasi kuzatilganidan so‘ng, mutaxassislar mehmonxonadagi hammom — bagaj uchun eng xavfsiz joy ekanini tushuntirdi. Chunki u yerda mato yuzalar kam va mikroblar hamda parazitlar uchun yoqimsiz muhit.

Zamin.uz tahririyatidan:
Ta’til, sayohat va xizmat safarida faqat dam olishni emas, balki uyga sog‘-salomat va xavfsiz qaytishni o‘ylang. Chamadon va bagaj tozaligiga e’tibor bersangiz, katta muammolardan osongina saqlanish mumkin. Uyingizdagi har bir qulaylik va salomatlik o‘z qo‘lingizda!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Chamadon g‘ildiraklaridagi xavf: uyingizga qanday mikrob olib kelasiz?