
Har bir insonning kuni qanday boshlanishi uning kayfiyati, tashqi ko‘rinishi va hatto salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, terimiz — e’tiborga loyiq jihatlardan biri. Ertalabgi odatlarimizni o‘ylamasdan avtomatik tarzda bajarish tufayli, ko‘zga ko‘rinmas xatolarga yo‘l qo‘yayotganimizni anglamay qolamiz. Ayniqsa, ba’zi odatlar nafaqat terining holatiga, balki uning erta qarishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Qahva bilan boshlangan kun
Ko‘pchilik uchun uyg‘onishning asosiy sababi – qahva hidi. Birinchi chashkadan so‘ng, ko‘chada ikkinchi stakan… Keyin esa ishda yana bir bor. Ammo shifokorlar va dermatologlar bu odatning terimizga unchalik yaxshi ta’sir qilmasligini ta’kidlashmoqda. Kofein suvsizlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, terining qurishiga, ajinlar tez paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, qahvadan to‘liq voz kechish shart emas, ammo har bir iste’moldan keyin bir stakan suv ichishni odat qiling. Bu oddiy harakat sizning teringizni nam va yorug‘ saqlashda yordam beradi.
Tozalik ham me’yorda bo‘lishi kerak
Ko‘pchilik ertalab yuzini chuqur tozalash uchun kechqurungi kosmetik vositalarni yana ishlatadi. Lekin mutaxassislar aytishicha, bu teriga og‘irlik qiladi. Eng yaxshisi — iliq suv bilan yuvinish va yengil namlovchi krem yoki gel qo‘llash. Bu nafaqat terini sog‘lom saqlaydi, balki uni ortiqcha stressdan himoya qiladi.
Harakatsizlik — yoshga yopishgan shaffof soya
“Aging Cell” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotlarga ko‘ra, jismoniy faollikning yetishmasligi hujayralarning qarish jarayonini tezlashtiradi. Boshqacha aytganda, harakatsiz kunlar — erta ajinlarning dastlabki sababchilaridan. Kunlik 20–30 daqiqa sayr yoki yengil mashqlar ham terini faol, tiniq va yosh saqlashga yordam beradi. Faol harakatlar qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa terining toza nafas olishiga imkon beradi.
Sivorotkalar — erkin radikallarga qarshi qalqon
Ko‘pincha terini namlash va quyoshdan himoya qilish haqida o‘ylaymiz, ammo antioksidantlarga boy sivorotkalar haqida unutib qo‘yamiz. C va E vitaminlari, ferulik kislotasi, ko‘k choy ekstrakti, likopin kabi moddalar teriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi erkin radikallarga qarshi kurashadi. Bunday sivorotkalarni ertalab namlovchi kremdan oldin qo‘llash, kun bo‘yi terini himoya qilib turadi. Bu odatni shakllantirish orqali teridagi yangilanish jarayonlarini rag‘batlantirish mumkin.
Ko‘z atrofini e’tibordan chetda qoldirmang
Inson yuzida eng nozik va tez qariydigan joy — ko‘z atrofi. Mayda ajinlar, osilgan teri va qora dog‘lar ko‘zlaringizni yoshdan kattaroq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Gialuron kislotasi, kofein yoki pantenol asosidagi maxsus kremlar bu muammolarning oldini oladi. Qo‘shimcha ravishda, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalanish ham juda muhim. Chunki ko‘z atrofi terisi quyoshning zararli nurlariga tez ta’sirchan bo‘ladi.
Xulosa
Kunini qahva bilan boshlaydigan, yuzini “chuqur” tozalaydigan, sportdan uzoq yuradigan va sivorotkalarni unutadigan insonlarning terisi tez qarishga moyil bo‘ladi. Agar teringizni sog‘lom, yosh va tiniq ko‘rinishda saqlamoqchi bo‘lsangiz, ertalabgi odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Siz odatlaringizni o‘zgartirsangiz, teringiz ham o‘zgaradi — yaxshi tomonga. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar