Braziliyada 11 yoshli qizaloqning jag‘ida 81 ta tish borligi aniqlandi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Braziliyada 11 yoshli qizaloqning jag‘ida 81 ta tish borligi aniqlandi, bu tibbiyotda giperdontiya deb ataladigan noyob rivojlanish anomaliyasidir.
- Rentgen va kompyuter tomografiyasi tekshiruvlari qizaloqda 18 ta sut tishi, 32 ta doimiy tish hamda 31 ta ortiqcha tish mavjudligini ko‘rsatdi.
- Genetik tahlillar natijasida 9-xromosomaning ma’lum bir qismida o‘zgarish aniqlangan.
Braziliyada 11 yoshli qizaloqning jag‘ida jami 81 ta tish borligi aniqlandi. Rentgen tekshiruvi orqali ma’lum bo‘lgan ushbu noyob holat stomatologlarni hayratda qoldirgan. Bu haqda "Chosun Biz" xabar berdi.
Qizaloq dastlab yuqori jag‘idagi sut tishlari qoldiqlarini oldirish uchun stomatologga murojaat qilgan. Tekshiruv davomida shifokorlar uning tishlari soni odatdagidan ancha ko‘p ekanini payqagan. Keyinchalik rentgen va uch o‘lchamli kompyuter tomografiyasi yordamida jag‘dagi tishlar soni aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, qizaloqning jag‘ida 18 ta sut tishi, 32 ta doimiy tish va 31 ta ortiqcha tish mavjud bo‘lgan. Shu tariqa, ularning umumiy soni 81 taga yetgan.
Mutaxassislar bu holatni tibbiyotda ko‘p sonli giperdontiya deb ataydi. Giperdontiya — jag‘da odatdagidan ortiq tishlar rivojlanishi bilan tavsiflanadigan noyob rivojlanish anomaliyasi. Odatda katta yoshli insonlarda 32 ta doimiy tish bo‘ladi.
Tadqiqotchilar qizaloqning holatini o‘rganish uchun genetik tekshiruv ham o‘tkazgan. Unda 9-xromosomaning ma’lum bir qismida o‘zgarish aniqlangan. Shuningdek, bunday ko‘p sonli ortiqcha tishlar sababli davolash jarayoni murakkab kechishi qayd etilgan.
Mutaxassislar ortiqcha tishlarni olib tashlash va tish qatorini me’yorlashtirish uchun yuz-jag‘ jarrohi, ortodont, parodontolog hamda protezlash bo‘yicha mutaxassislar hamkorligida davolash rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlagan.
Mazkur noyob tibbiy holat 2011 yil oktyabr oyida American Journal of Orthodontics and Dentofacial Orthopedics ilmiy jurnalida «Multiple hyperdontia: Report of an unusual case» nomi bilan chop etilgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…