The Guardian nashri keltirgan so‘nggi ilmiy xulosalarga ko‘ra, yuqori harorat inson organizmining qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, issiqlikning salbiy ta’siri chekish, spirtli ichimliklarni me’yordan ortiq iste’mol qilish, noto‘g‘ri parhez yoki jismoniy harakatning kamligi kabi salomatlikka zararli odatlar bilan deyarli tenglashishi mumkin.
Tadqiqotda ishtirokchilarning biologik yoshini aniqlash uchun turli tibbiy testlar qo‘llanilgan. Keyinchalik olimlar ushbu ko‘rsatkichni ularning haqiqiy yoshi bilan taqqoslab, issiqlik va qarish jarayoni o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdi.
Xulosalarga ko‘ra, ayniqsa g‘ayritabiiy darajada uzoq davom etuvchi issiq ob-havo qarishni tezlashtiradi. Yuqori haroratning bunday ta’sirini aniq sabablari hali topilmagan bo‘lsa-da, DNKda yuz berishi mumkin bo‘lgan shikastlanish ehtimol omillardan biri sifatida qayd etilgan.
Ushbu tadqiqotda turli yosh va kasalliklarga ega 25 mingdan ortiq kattalar qatnashgan. Biroq ularning qancha vaqt quyosh ostida qolishi, uyda sovutish tizimlari qay darajada ishlashi yoki konditsionerdan foydalanish holati hisobga olinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!