Ko‘pchilik mojarodan qochishga intiladi, ammo mutaxassislarning fikricha, bu holat tabiiy va hatto foydali. Peopletalk‘ning yozishicha, tortishuvlar oila, juftlik yoki hamkasblar o‘rtasida yaqinlikni mustahkamlab, o‘zaro tushunishni rivojlantiradi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, agar munosabatlarda hech qanday kelishmovchilik bo‘lmasa, bu tashvishga sabab bo‘lishi mumkin. Filadelfiyadagi Aloqalar kengashi bosh klinik direktori doktor Sara Korsning aytishicha, bahslar odamga o‘zini va boshqalarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi: “Biz ko‘pincha boshqalarning his-tuyg‘ularini va fikrlarini noto‘g‘ri talqin qilamiz, mojaro esa buni aniqlashga yordam beradi”, deydi u.
Qiyin muloqot odamning qarashlarini aniqlashtirish yoki yangilashga yordam beradi. Bundan tashqari, tortishuvlar ish joyida ham ijobiy natija beradi. Mutaxassislar bunday vaziyatlar insonlarga o‘zini xavfsiz his qiladigan muhit yaratishini, bu esa erkin fikr bildirish va boshqalar bilan rozi bo‘lmaslik imkonini ochishini qayd etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!