date

“Shreking” — tashqi ko‘rinishni ikkinchi o‘ringa qo‘yish sababi

“Shreking” — tashqi ko‘rinishni ikkinchi o‘ringa qo‘yish sababi

Internetda yangi ibora tez sur’atlarda mashhur bo‘lib bormoqda. Peopletalk yozishicha, foydalanuvchilar sherik tanlashda tashqi ko‘rinish mezonlarini ataylab pasaytirish hodisasiga “shreking” deb nom berishgan.

Bu atama odamning ishqiy munosabatda juft izlar ekan, jozibadorlikka bo‘lgan talabini ongli ravishda tushirish holatini anglatadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu jarayon bir qarashda oddiy ko‘rinsa-da, aslida xavfli tomonlari bor. Chunki u insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytirishi mumkin. Agar juftliklardan biri sherigini yetarlicha jozibali deb hisoblamasa, u ich-ichidan ko‘proq muhabbat kutadi. Lekin, odatda bunday munosabatlar yurak og‘rig‘i va o‘zini past baholash bilan yakunlanadi.

Psixologlar “shreking”dan voz kechishni maslahat berishmoqda. Yaxshisi, kimnidir muloyimlik bilan rad etish yoki chin dildan maftun bo‘lgan inson bilan munosabat o‘rnatish afzalroqdir. Aks holda, bunday yo‘lning oxiri ko‘ngilsiz tugashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » “Shreking” — tashqi ko‘rinishni ikkinchi o‘ringa qo‘yish sababi