Olimlar inson salomatligi bilan bog‘liq yana bir qiziqarli natijaga erishishdi. Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan o‘tkazilgan izlanishlar ko‘p televizor ko‘rishning ruhiy holatga jiddiy ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 65 mingdan ziyod katta yoshli ishtirokchilar ma’lumotlari tahlil qilindi. Natijada, ekran qarshisida ortiqcha vaqt o‘tkazish depressiya rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkinligi aniqlandi.
Ushbu tadqiqotning natijalari European Psychiatry jurnalida e’lon qilindi. Mutaxassislar aytishicha, televizor qarshisida o‘tkaziladigan vaqtning bir qismini jismoniy harakatlar yoki to‘g‘ri uyqu bilan almashtirish orqali inson o‘zini himoya qilishi mumkin.
Xususan, o‘rta yoshdagi kishilarda ekran qarshisida uzoq o‘tirishning salbiy ta’siri ko‘proq sezilar ekan. Ular jismoniy mashg‘ulotlar yoki to‘liq dam olish orqali ruhiy holatni yaxshilashlari mumkin.
Keksa yoshdagilarda esa bunday ijobiy ta’sir asosan sport mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi. Ya’ni jismoniy faollik keksalarning depressiyaga tushish ehtimolini kamaytiradi. Yosh ishtirokchilarda esa ko‘p televizor ko‘rishning jiddiy salbiy ta’siri topilmadi.
Ko‘p televizor ko‘rish odamda depressiya xavfini oshiradi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar