Istanbulda o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik ayollarni aldab majburiy mehnatga jalb qilgan guruh fosh etildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish1
Istanbulda o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik ayollarni aldab majburiy mehnatga jalb qilgan guruh fosh etildi

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan ayollarni aldab ishga jalb qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Guruh a’zolari ayollarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni majburiy ishlashga undagan. Bu haqda A Haber nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar xorijlik ayollarga ish topib berishni va’da qilib, soxta konsalting kompaniyasini tashkil etgan. Ular TikTok orqali jonli efirlar o‘tkazib, ish takliflarini e’lon qilgan va qiziquvchilarni telefon orqali bog‘lanishga chaqirgan.

Ayollar Istanbulga kelganidan so‘ng ularga shartnomalar imzolatilib, pasportlari olib qo‘yilgan. Shundan keyin ular uy tozalash va bola parvarishi kabi ishlarga jalb qilingan. Biroq ishlab topgan pullarining 30–50 foizi guruh a’zolari tomonidan olib qolingan.

Jabrlanuvchilar hujjatlari olib qo‘yilgani va deportatsiya bilan qo‘rqitilgani sababli qarshilik ko‘rsata olmagan. Guruh vakillaridan biri ularni politsiyaga topshirish bilan tahdid qilib kelgani ham aytilmoqda.

Holat yuzasidan tekshiruv politsiya va Prezident huzuridagi aloqa markaziga kelib tushgan murojaatlardan keyin boshlangan. Tezkor tadbir davomida to‘rt nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, 14 nafar ayol qutqarilgan.

Tintuv paytida elektron qurilmalar, mijozlar haqidagi ma’lumotlar va ayollarning pasportlari kimda saqlanayotganini qayd etuvchi daftarlar topilgan.

Guruh rahbari sifatida ko‘rsatilgan Mehmet Melih Ipekchini qidiruvga berish so‘ralgan. Sakkiz nafar gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi ayblovi bilan 112 yildan 168 yilgacha qamoq jazosi tayinlash talab qilingan. Ayblov xulosasi sud tomonidan qabul qilingan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?