Xitoyda bug‘uni ovqatlantirmoqchi bo‘lgan rossiyalik sayyoh qo‘lini sindirib oldi

Xitoyga sayohat qilgan rossiyalik ayol bug‘uni ovqatlantirmoqchi bo‘lganida kutilmagan hodisaga duch keldi. Sabzini ko‘rgan hayvon uning ustiga sakrab, yiqilishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda sayyoh qo‘lini sindirib oldi.
SHOT nashrining xabar berishicha, Vladikavkaz shahridan kelgan 38 yoshli Yana qariyb bir oy davomida Xitoy bo‘ylab sayohat qilgan. Safarining so‘nggi haftasini esa bug‘ular erkin yuradigan hududga ega Yangshuo shahridagi mehmonxonada o‘tkazishga qaror qilgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonadagi bug‘ular ovqat ko‘rishi bilan juda faol bo‘lib ketgan. Ular mehmonlarga yaqinlashib, hatto tishlashga ham uringan. Yana hayvonlardan birini sabzi bilan boqmoqchi bo‘lganida, bugu kutilmaganda uning ustiga sakrab tushgan. Natijada ayol muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqilgan.
Shifokorlar tekshiruvidan so‘ng uning qo‘li suyak siljishi bilan singani aniqlangan. Shu sababli mahalliy shifoxonada singan suyakni joyiga solishga to‘g‘ri kelgan.
Hodisa sayohatning so‘nggi kunlarida yuz bergani sababli Yana safarini belgilangan muddatda yakunlab, uyiga qaytishga ulgurgan. Biroq Xitoydan u bilan birga noodatiy «esdalik» ham qaytdi: ayol dekabr o‘rtalarigacha gips taqib yurishiga to‘g‘ri keladi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…