9 139
Omadga erishib, baxtli hayot kechirishni istaganlar uchun milliarderlardan 15 ta maslahat
2007 yilda milliarder Charlz Manger Janubiy Kaliforniya universiteti bitiruvchilari oldida chiqish qildi. «Har biringizni nima sababdan spiker juda qari degan savol qiynashi mumkin, — dedi u. — Javob ravshan: «Spiker hali vafot etmagan». Manger hozir ham tirik. Uning bo‘lajak yuristlar oldida bergan maslahatlari uzoq va baxtli umr kechirishni istaganlar uchun qo‘l kelishi aniq.
Charlz Manger - amerikalik advokat, taniqli iqtisodchi, professional sarmoyador hamda Uorren Baffetning ishdagi hamkori.
1. Ishonch, omad va shuxratni qozonish kerak
Juda oson qoida. Oltin qoida deyish ham mumkin. Siz dunyodan istagan narsangizni olishingiz mumkin, agarda uni o‘rniga o‘zingizni qo‘ya olsangiz. Ko‘p hisobda, shu tamoyilga asoslanib yashaydigan insonlar boylik va shuxratga ega bo‘lishadi. Insonlar ishonchini qozona turib, ularning hurmatini ham qo‘lga kiritishadi.
O‘zgalarning ishonchini oqlay bilish, juda ham yoqimli.
2. To‘g‘ri insonlardan havas qilishni o‘rganing
Ikkinchi g‘oyaga men ancha avvalroq yaqinlashganman: boshqalarga bo‘lgan havassiz sevgi bo‘la olmaydi. Bu inson tirik bo‘lishi shart emas. Muhimi — u sizni ilhomlantira olishi. Butun hayotim davomida men ana shu g‘oya bilan yashadim va u men uchun juda, juda foydali bo‘lgan.
3. Bilimlar egallash — bilimlarni tajribada qo‘llash kabi ma’naviy burch
Bu tamoyildan muhim bir oqibat yuzaga keladi. U esa o‘z hayotingizni yangi bilimlarni chinakam izlashga qaratishingizni anglatadi. Yangi bilimlarni egallamay turib, o‘z majburiyatlarini yaxshi bajara oladigan insonga aylana olmaysiz. O‘zingizda bor bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan uzoqqa bora olmaysiz.
Olg‘a intilishga harakat qilsangiz, siz universitetni bitirgach ham o‘qishda davom etishingiz lozim...
Agar sivilizasiya faqat yangi ixtirolar yaratish bilan rivojlana olsa, siz ham faqat yangi bilimlar egallash bilan rivojlana olasiz.
4. Barcha narsani oz-ozdan bo‘lsa ham tushunishni o‘rganing
Men sezdimki, boshlang‘ich g‘oyalar - bu istalgan sohadagi 95 foizli muhim axbortdir.
Butun hayotim davomida tajribada bu yondoshuvni qo‘lladim. U menga bergan barcha narsalar haqida ayta olmayman, biroq u hayotimni yanada quvonchli, o‘zimni esa boshqalar uchun foydaliroq va samaraliroq qildi. U boyishimga yordam berdi.
Bu yondoshuvning xavfi ham mavjud: turli soha ekspertlari, ba’zan sizning rahbaringiz mavqeiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz ularga nisbatan yanada ko‘proq bilishingiz va tezda to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishingiz mumkin.
Biroq bu yondoshuv agarda imtihonda besh baho olish uchun shunchaki ma’lumotni yodlab olsangiz, ish bermaydi. Siz ularni shu qadar yaxshi bilishingiz kerak-ki, fikrlash jarayonida ishlata olishingiz lozim. Shundagina ularni boshqa sohalarda ham qo‘llay olasiz.
5. Faqat oqibatlar haqida emas, muammo keltirgan narsalar haqida o‘ylashni o‘rganing
Muammolarni boshqa tomondan qaralganda hal etish ancha osonroq bo‘ladi.
Ya’ni, siz Hindistonga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizga Hindistonga qanday qilib ko‘mak berishingiz haqida emas, balki unga aynan nima katta ziyon keltirayotgani va bundan qochish uchun qanday ishlar qilish kerakligi to‘g‘risida savollar bering. Balki nuqtai nazar bo‘yicha ikkisi ham bir narsadek tuyulishi mumkin. Biroq unday emas.
6. Ishonchli bo‘ling
Agarda siz ishonib bo‘lmaydigan odamlar toifasiga kirsangiz, sizning barcha yaxshi xususiyatlaringiz tezda yuvilib ketadi. Shunday ekan, barini sof vijdonan bajaring, dangasa bo‘lmang.
7. Haddan ziyod berilishdan qoching
Siz cheklangan dunyoqarashli insonlarni ko‘rgansiz. Masalan, din peshvolari qarama-qarshi nuqtai nazarlardan o‘zlarini saqlashadi. Ularni bir narsa birlashtiradi: ular chegaradan chiqa olmaydi va erkin fikrlay olmaydi.
Bu siyosiy jihatlarga ham tegishli. Yoshlik davringizda qandaydir g‘oya bilan yonib-kuyish, unga ishonish, o‘zingizni uni tarafdori, deb atash oson. Siz o‘zingizni ideologiya doirasida yana uzoqroq surib ketaverasiz. Siz mustaqil o‘ylashni o‘rganing.
8. Hasad, g‘azab va o‘z-o‘zingizga achinishdan xalos bo‘ling
Nima sababdan o‘zingizni azoblab, achinib yashashingiz kerak? Bu fikrlashning falokatli turidir. Ular shu bilan birga tezda odatga aylanadi.
Mening o‘zi bilan doim kartalar yig‘indisini olib yuradigan bir do‘stim bor. Agar kimdir unga o‘ziga achinishdan iborat bo‘lgan qandaydir hikoya aytib bersa, kartalardan birini olib, o‘sha insonga beradi. Kartada shunday yozilgan: «Sizning hikoyangiz menga juda ta’sir qildi. Men hech qachon sizdek boshiga ko‘p kulfat tushgan insonni uchratmaganman». Buni hazil deb hisoblashingiz mumkin. Biroq mening fikrimcha, o‘zingizga nisbatan achinish hissini sezsangiz, sababi mutlaqo muhim emas. Balki farzandingiz saratondan vafot etar, biroq o‘zingizga achinish vaziyatni to‘g‘irlashga yordam bermaydi. Shunchaki o‘zingizga shu kabi kartalardan birini ko‘rsating.
O‘zingizga achinishdan to‘xtay olsangiz, siz o‘zgalar oldida katta hurmat qozonasiz. Aybni vaziyat yoki boshqa kishilar bo‘yniga qo‘ymang. O‘z qilgan ishlaringiz uchun mas’uliyatni qo‘lingizga oling.
9. O‘zingiz havas qiladigan insonlar bilan ishlang
Agarda birga ishlayotgan insonlar sizga ilhom bag‘ishlasa, hayotingiz yanada ko‘proq quvonchli o‘tadi. Buning uchun mahorat kerak bo‘ladi. Men ham ilhomlantiradigan insonlar bilan ishlashga qaror qilganman. Hech qachon ular haqida yomon fikr eshitmaganman. Xuddi shunday, doim menga havas qiladigan insonlarga rahbarlik qilganman.
10. Murakkab vaziyatlarda ham ob’ektiv bo‘lishni o‘rganing
Doimiy ob’ektiv tekshiruvlar to‘g‘ri fikrlashni istasangiz doim zarur. Bu borada Darvin kabi dalillarga asoslanib yashash yordam beradi. Ro‘yxatdagi barcha narsani tekshirib, siz ko‘p sonli xatolardan qochgan bo‘lasiz. Yaxshiroq foyda beradigan boshqa usul yo‘q.
11. Qobiliyatli insonlarning boshqarishiga ruxsat bering
Fikrimcha, hayot agarda ko‘p ishlar qobiliyatli, ko‘ngilli va o‘rgata oladigan insonlar qo‘lida bo‘lsa ko‘p munosabatlarda faqat g‘olib bo‘ladi. Bu sivilizasiyaning muhim shartidir.
Siz malakasi etarli bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan yaratilgan samolyotda uchishni istamaysiz. Siz kompaniyangizda qobiliyatsiz kishilar ishlashini xohlamaysiz. Siz hokimiyat to‘g‘ri insonlar qo‘lida bo‘lishini istaysiz.
12. Nimaga ko‘proq qiziqish bildirsangiz, o‘sha sohada omadli bo‘lasiz
Agar inson qandaydir ishda omadga erishmoqchi bo‘lsa, unga so‘nmas qiziqish bildirish zarurdir. Ko‘p sonli ishlarni yaxshi tushunishim mumkin, biroq agar qiziqtirmasa, men sohada eng zo‘ri bo‘la olmayman. Shu sababli, qo‘lingizdan kelsa, qiziqqan ishingiz bilan shug‘ullaning.
13. O‘tiring va oxiriga etkazmasdan turmang
Ikki tanishim kichik qurilish firmasini yaratishdi. Barcha ishni baravariga olib borishdi va muhim bir qoida bo‘yicha boshqarishdi. U quyidagicha: «Har safar muddatigacha bitira olmasak, ikkimiz ham yakuniga etmagunicha kuniga 14 soatlab ishlaymiz. Bu qoida ularni uyaltirmadi va natijada juda badavlat shaxsga aylanishdi.
14. Omadsizlikni yanada yaxshiroq bo‘lishning bir imkoni sifatida ishlating
Hayot qo‘rqinchli, nohaq zarbalarni yo‘llaydi. Biroq bularning barida ma’no bor. Shunchaki, kimdir ko‘tariladi, kimdir — yo‘q. Fikrimcha, qadimiy yunon faylasufi Epitketning nazariyasi bunga to‘g‘ri keladi. U hayotdagi har bir baxtsizlik — bu o‘zni ko‘rsatish va nimadir o‘rganishning imkoni deb hisoblagan. Sizning qarzingiz — o‘zingizga achinmay, zarbani kerakli buyumga aylantirishdir.
15. Insonlarga ishoning
Bu men sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan eng so‘nggi g‘oya. Xavfsizlik tartib va choralari — bu sivilizasiyaning eng oliy shakli emas. Sivilizasiyaning eng oliy shakli — bu erishilgan ishonch tizimi. Muhimi, insonlar bir-birini ko‘r-ko‘rona qat’iy qoidalarga asoslanib kuzatishi emas, balki bir-biriga to‘liq ishona olishidir.
Ishonch shaxsiy hayotda ham bo‘lishi kerak. Agar turmush kelishuvingiz shartlari 47 varaqdan iborat bo‘lsa, oila qurishni maslahat bermayman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi