Negativ o‘y-fikrlar baxtli yashashga xalaqit beradi. Ular hayotdagi noxushliklarni yodga soladi, tahlikani oshirib, hayotsevarlik energiyasini so‘ndiradi. Salbiy hislar qo‘yniga g‘arq bo‘lgan shaxs olg‘a bosolmaydi, chunki o‘zi mansub olamda muvaffaqiyatsizliklar uni mudom ta’qib qilishidan cho‘chiydi.
Ong ostining real voqelikka ta’siri shunchalik kuchliki, idrokdagi muammolar voqelikka aylanishi va aksincha, ijobiy hislar vositasida ijobiy voqelikni yuzaga keltirish ham mumkin, deyiladi Erkak.uz sayti ma’lumotida.
Inson o‘y-fikri g‘aroyib qudratga ega. Xayolingizda nima bo‘lsa atrofingizda ham shu hol yuz beradi. Chin ma’nodagi baxtli insonga aylanish uchun pozitiv fikr yuritishga o‘tishingiz kerak. Miyangizni qayta dasturlab chiqing va negativ fikrlarni pozitivga aylantiring.
Buni affirmasiya yo‘li bilan bajarsa bo‘ladi. Kelgusi maqolalarimizda bunga batafsil to‘xtalamiz. Bu gal esa ongimizda negativ fikrlar qay tarzda yuzaga kelishi haqida to‘xtalamiz.
Salbiy fikrlar manbalari
Inson ongiga salbiy fikrlar turlicha manbalardan oqib keladi. Bu jarayon oiladan boshlanadi deyish mumkin. Esingizni tanishingizdanoq yashash qanday murakkabligi xususida ota-onangizdan nasihatlar eshitasiz. To‘laqonli yashash uchun, eh-he, nimalar kerak bo‘lmaydi hayotda. Natijada idrokingizga o‘z-o‘zidan qoniqmaslik, qo‘rquv hislari in quradi. Bu hislar kelajakda baxtli yashash yo‘lini to‘sadi.
Navbatdagi manba bu – OAV. Ustomon reklama kompaniyalari inson ruhiyatiga sezdirmasdan ta’sir ko‘rsatuvchi matnlarni qo‘llashadi. Bu jarayonda kino va teleko‘rsatuvlarning roli ham katta. Kundalik yangiliklar esa dunyoning g‘oyat noxush manzarasini chizib beradi. Urush, falokatlar, inqirozlar tasviri ongimiz ostida o‘z izini qoldiradi.
Maktab va tevarak-atrofdagilar ham salbiy hislar shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Ba’zida o‘zingizdan qoniqmaslik hissi yaralishiga o‘qituvchi yoki sinfdoshingizning kinoyali luqmasi sabab bo‘lib qoladi. Natijada inson o‘ziga past baho beradigan bo‘lib ulg‘ayadi, bu muvaffaqiyatga erishish va kishilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish yo‘lida jiddiy to‘siqdir.
Shu bilan birga o‘zingizning hissangiz ham bor. O‘z-o‘zini ishontirish insonda baxtiyorlik hissini uyg‘otishga ham, alam quchog‘iga g‘arq etishga ham qodir. Hammasi sizning ishonchingizga bog‘liq. Sizning ichki ishonchingiz barchasining asosida yotibdi. Sizni qurshab turgan olam haqida miyangizda yorqin, nekbin tasavvurlar bo‘lishi zarur.
Negativ xayollardan qanday qutulish mumkin?
Miyada qayta qurishni amalga oshirish oson ish emas. Avvalo, barcha negativ fikrlar ro‘yxatini tuzib olish, so‘ng bir boshdan ularni pozitivga aylantirish kerak.
Bu ro‘yxatni bir varaq qog‘ozga yoki kompyuterga yozish mumkin. Barcha fikrlarni qorishtirmaslik uchun tasniflab olish zarur.
Ish to‘g‘risida fikrim qanday?
Pul to‘g‘risida fikrim qanday?
O‘zim haqimda nima o‘ylayman?
Boshqalar to‘g‘risida fikrim qanaqa?
Sevgi haqida fikrim qanday?
Jinsiy aloqa haqida qanday fikr yuritaman?
Do‘stlik haqida fikrim qanday?
Salomatlik haqida nimani o‘ylayman?
O‘qish haqida fikrim qanaqa?
Xudo to‘g‘risida qanday o‘ylayman?
Hayot haqida qanday fikr yuritaman?
Ota-onamdan qanday fikrlash tarzi yuqqan?
Ustozlarim va sinfdoshlarim fikrlarimga qanday ta’sir ko‘rsatishgan?
Erinmang. Bu yumushni bajaring. Barcha salbiy fikrlar va cheklovlarni yozing. So‘ng negativ bitiklarni pozitivga almashtirib chiqing, toki ular sizga ishonch, muhabbat, energiya baxsh etsin.
Affirmasiya ro‘yxati tayyor bo‘lgach, muntazam o‘qib turing. Ro‘yxatdagi eng ta’sirchan va kuchli fikrni ajratib olib, barcha diqqatni unga qarating.
Shu bilan birga o‘y-xayollaringizni muntazam nazoratda tuting. Noxush o‘ylar chulg‘ay boshlashi bilan quvib soling va salomatlik, muhabbat, baxt, farovonlik haqida o‘y suring. Bu bir kunda amalga oshmaydi. Yangicha fikrlash tarziga o‘tish uchun vaqt lozim. Kun sayin pozitiv fikrlash tarziga ko‘nika borasiz, bu esa baxt-saotdatga erishuvingizda ko‘makchi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Dmitriy Peskov: Rossiya mehnat muhojirlariga muhtoj
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?