11:15 / 10.02.2017
10 856

Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi

Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi

Amerikalik parhezshunoslar ozish imkonini beruvchi yormalarni iste’mol qilishning eng ma’qul usulini ma’lum qildi. Tegishli tadqiqot American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etildi, deb yozadi Daryo nashri.

Mualliflar fikricha, butun donli, ya’ni ishlov berilmagan (yanchilmagan va tozalanmagan) yormalar sog‘liq uchun eng foydalilaridir. Ular tana vaznini kamaytirishni osonlashtirib, yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi.

Olimlar sakkiz hafta davomida 40—65 yoshdagi ko‘ngillilarning parhezini kuzatib, shunday xulosaga keldi. Dastlabki ikki hafta davomida ishtirokchilar ishlov berilgan dondan tashkil topgan taxminan bir xil mahsulotlarni iste’mol qildi. Shundan so‘ng ularni 40 va 41 kishilik ikkita guruhga ajratishdi. Birinchi guruh avvalgi parhezni davom ettirdi, ikkinchisi esa faqat ishlov berilmagan donlarni tanovul qila boshladi.

Ikkinchi guruh ishtirokchilarining ichaklarida normal pH uchun qulay sharoit yaratadigan bakteriyalar ko‘proq, yallig‘lanish rivojlanishiga imkon beradigan bakteriyalar esa kamroq bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, butun donli mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida har kunlik rasionning umumiy energetik qiymati taxminan 100 kilokaloriyaga kamayadi.

Mualliflar rasionga butun donli un, suli va jigarrang guruchni kiritishni tavsiya qiladi. Ishlov berilgan va ishlov berilmagan donlar o‘rtasidagi farqlar shundaki, ishlov berilmaganlari tarkibida kletchatka va mikroelementlar ko‘proq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi