08:47 / 11.02.2017
9 926

Shamollashni efir yog‘lari yordamida davolash yo‘llari

Shamollashni efir yog‘lari yordamida davolash yo‘llari

Yilning sovuq mavsumi o‘zi bilan olib keluvchi turli shamollash xastaliklarini nafaqat dori vositalari, balki tabiiy vositalar, masalan, efir yog‘lari yordamida davolash ham mumkin. Ular bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega ekanligi, shuningdek, immun tizimi faoliyatini faollashtirishi tufayli shamollashni juda tez bartaraf etadi, deb yozadi Daryo nashri.

Shamollashga qarshi eng samarali efir yog‘lari evkalipt, lavanda va choy daraxti yog‘lari bo‘lib, dorixonadan aynan ularni xarid qilishni tavsiya etamiz.

Shamollashdan xalos bo‘lishga ko‘mak beruvchi eng kuchli vositalardan biri efir yog‘lari bilan ingalyasiya qilishdir.

Ingalyasiya qilish uchun choynakni qaynatib, unga tanlagan yog‘dan 3—4 tomchi qo‘shing. Qalin qog‘ozdan naycha yasab, uni choynak burniga kiygizing va issiq havoni naycha orqali burun yoki og‘zingiz bilan yuting. Juda issiq havoga kuyib qolmaslik uchun bug‘ni ehtiyotkorlik bilan yutish lozim. Ingalyasiyadan so‘ng darhol issiq to‘shakda o‘ranib yotish tavsiya etiladi.

Choynak o‘rnini qadimiy usul ham bosa oladi. Issiq suvni kastryulka yoki tarelkaga quyib, kerakli yog‘dan tomizing va boshingizni sochiq bilan o‘rab, yuzingizni bug‘ga tuting.

Shamollashga qarshi vositalardan yana biri badanni yog‘ bilan ishqalashdir. Buning uchun nafaqat efir yog‘i balki boshqa, asos yog‘ ham kerak bo‘ladi. Istalgan o‘simlik yog‘idan foydalanish mumkin. Biroq zaytun yog‘i ko‘proq foydali xususiyatlarga ega hisoblanadi.

Bir osh qoshiq asos yog‘ga o‘n tomchi efir yog‘i qo‘shib, hosil bo‘lgan aralashmani badanga suring. Bu jarayonni ingalyasiyadan avval yoki mustaqil jarayon sifatida uxlashdan avval o‘tkazish tavsiya etiladi.

Efir yog‘lar bilan davolash yuz yillardan beri qo‘llanib kelinadi va antibiotiklardan farqli ravishda zararli oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shamollashni efir yog‘lari yordamida davolash yo‘llari