Shunday ekan, agar sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urib, tanangiz ustida ishlashni xohlasangiz, biz sizga eng samarali va zalga bormasdan bajarish mumkin bo‘lgan beshta usulni tavsiya qilamiz.

Qo‘lga tayangan holda uni bukib yozish mashqi — qo‘l va ko‘krak mushaklarini rivojlantiruvchi ancha foydali mashq. U to‘g‘ri bajarilsa, ko‘proq samara beradi. Yotgan holatda tanani shunday joylashtirish kerakki, u go‘yo to‘g‘ri chiziqni hosil qilsin. Shu bilan birga tanani faqat qo‘l kuchida ko‘tarish kerak. Bu va boshqa mashqlarni bajarishda tanaffuslar qilishni unutmang.

Trenajyorlarsiz mashq qilishning yana bir usuli stul yoki birorta o‘rindiqqa kaft bilan tayangan holda oyoqlarni cho‘zib qo‘llarni bukib-yozishdir.

Tirsaklarda gorizontal turish. Qorningiz bilan yotib, tirsaklarni polga tekkazing. Barmoqlar elka barobarida turishi kerak. Birgina press yordamida qorinni sekin ko‘taring. Bel va oyoq bilan yordam bermaslik juda muhim. Uch bor 6-12 martadan bajaring. Sekin-asta sonini oshirib borsa bo‘ladi.

Tananing pastki qismi haqida ham gapirishni unutmagan holda quyidagilarni maslahat beramiz. O‘tirib turish oyoq, son va beldan pastki tana qismlari uchun sodda va juda samarali mashq hisoblanadi. Tik turing va oyoqlarni elka kengligida joylashtiring. Bunda belni to‘g‘ri tutish juda muhimdir. Son polga parallel holatga kelguncha o‘tiring. So‘ngra tik turing.

Va nihoyat, zinapoya. Jismoniy mashqda zinapoyadan foydalanish ajoyib kardiomashqdir. Bundan tashqari, bu oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Birinchi safar, zinapoyada kuchingiz etguncha tushib chiqing. Keyingilarining har birida avvalgi natijaning yarmini qo‘shib borishga odatlaning. Yangi bosqichga o‘tishga tayyor bo‘lganingizni his qilgach, zinapoya pog‘onasini hatlab o‘tgan holda mashqlarni davom ettiring.
Bor-yo‘g‘i mana shular. Sidqidildan tinimsiz bajarish bilan tanangiz ajoyib jismoniy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Salomat bo‘ling!
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar