Inson tanasi kelajakda rivojlanishi mumkin bo‘lgan turli yo‘llarni nazarda tutuvchi ko‘plab nazariyalar mavjud. Olimlar doimo biz qayerdan kelganimiz va qaerga ketayotganimiz borasida yo‘l-yo‘riqlar topish ilinjida.
Bizning tanamiz yanada rivojlanishda davom etishi ehtimoli ham mavjud. Odam ifloslashib va texnologiyaga ko‘proq bog‘liq bo‘lib borayotgan sayyorada yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslashishda davom etishi mumkin.
Mutaxassislarning ba’zi taxminlari kelajakda odamlar o‘z tana rangini ongli tarzda o‘zgartira olish qobiliyatiga ega bo‘lishini ham o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, odam kelajakda hozirgiga nisbatan ko‘rkamroq bo‘lishi mumkin. Uning qomati va yuz tuzilishi bugungi kunda ko‘pchilik o‘z juftini tanlashda qidiradigan xususiyatlarga mos tushadi: uning yuz ifodasi nozik, qomati esa chiroyli bo‘ladi. Bunday nazariyani olimlar avvalroq qilingan xulosa bilan asoslamoqda. Unga ko‘ra, chiroyli ayollar unchalik go‘zal bo‘lmagan ayollarga nisbatan ko‘proq farzand ko‘radi, ularning ko‘pchiligini esa qiz bolalar tashkil qiladi. Ularning qizlari esa yanada chiroyli bo‘lib voyaga etadi va shu holat takrorlanaveradi. Ammo bu trend erkaklar uchun amal qilmaydi.
Agar odam yanada murakkabroq va aqlliroq mavjudot sifatida rivojlanishda davom etsa, uning miyasi yanada kattalashib boradi. Bu esa tug‘ruq chog‘ida muammolarni keltirib chiqarishi, natijada tug‘ish vaqtidagi onalar o‘limi soni ko‘payishi haqida fikrlar mavjud.
Kelajakda aql tishi kabi rudiment (qoldiqqa aylangan) organlar yo‘qolishi mumkin, chunki ular endi o‘z funksiyalarini bajarmayapti. Bugungi kunda odamlarning 25 foizi aql tishi murtagisiz tug‘ilmoqda, kelajakda ularning ulushi faqat ko‘payadi.
Umuman olganda, kelajak odami ancha baland bo‘yli (har asrda insonning bo‘yi o‘rtacha bir necha santimetrga balandlashmoqda), ko‘rkamroq bo‘ladi, kattaroq miya va, ehtimol, kattaroq ko‘zli bo‘ladi. Jag‘ esa, odam yumshoq va suyuq ovqatga o‘tishi sababli, kichrayadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi