Million — bu juda kam
Boylar bu haqda aytmaslikni afzal ko‘radi, ammo bugungi kunda 1 million dollar hali boylik degani emas. Hatto 10 million dollar ham oliy davralarda o‘rtamiyona mablag‘ hisoblanadi. Amerikada 30 million va undan ko‘proq puli bo‘lgan fuqarolar eng boy hisoblanadi
Jinslar tengligi degan narsa yo‘q
Nazariy jihatdan ayollar va erkaklar milliarder bo‘lish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, hozircha ayollar yutqazmoqda. 1426 milliarderdan 138 nafarigina — ayollar. Ekspertlar taxmin qilishicha, erkaklarga ko‘pincha ayollarga yoqish istagi kuch beradi.
Milliarderlar eng yaxshi joylarda o‘qiydi
Statistikaga ko‘ra, AQShlik milliarderlar eng yaxshi joylarda ta’lim oladi. Sababi esa oddiy: ularning ko‘pchiligi — boy oilalarning farzandlari.
Isrofgarchilik ayb emas
Milliarderlar bemalol shunday xaridlarni amalga oshiradiki, keyin ular haqida matbuot butun olamga jar soladi. Oligarx Roman Abramovich 1 milliard dollarga yaxta solib oldi, Saudiya shahzodasi Al-Valid 400 million dollarlik Airbus A380 laynerini xarid qildi, meksikalik biznesmen D. Martinez Pollokning kartinasini 140 million dollarga sotib oldi… Oddiy odamga bularning barchasi isrofgarchilik bo‘lib tuyuladi. Ammo buyumlarning narxini milliarderlarning davlati bilan qiyoslasa, foiz hisobida ular boshqalarga nisbatan kamroq pul sarflagan bo‘lib chiqadi.
Farzandlarga hech narsa tegmaydi
Milliarderlar olamida yangi trend paydo bo‘ldi: merosxo‘rlarga hech narsa qoldirmaslik. 2009 yilda Giving Pledge deb nomlangan g‘oya e’lon qilindi. Sayyoraning eng badavlat kishilari o‘z boyligini to‘plab o‘tirish o‘rniga, uni tarqatishga chaqirdi. Uorren Baffet o‘z boyligining 99 foizini tarqatishga, farzandlariga esa mustaqil ish uchun talab qilinadigan mablag‘ qoldirishga va’da berdi. B. Xilton, D. Rokfeller, R. Perelman va boshqa milliarderlar bu harakatga qo‘shildi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi