16:57 / 25.04.2017
6 807

Ishingizni almashtirish vaqti kelganini bildiruvchi ko‘rinmas belgilar

Ishingizni almashtirish vaqti kelganini bildiruvchi ko‘rinmas belgilar
Ish joyida vaqti-vaqti bilan har xil ishkalliklar yuz berib turishi turgan gap. Qaysi birimiz o‘z-o‘zimizga bu yaramas joydan darhol bo‘shab ketishga so‘z bermaganmiz? Va keyin, biroz o‘zimizga kelganimizdan so‘ng, uzoqni ko‘zlagan keyingi rejalarimiz aynan shu kompaniyada amalga oshishi esimizga tushmaganmi? Sizga ishni haqiqatan ham almashtirish vaqti kelganini bildiruvchi ko‘rinmas belgilar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Yakshanba kuni ertalabdanoq siz dam olish kunlari tugayotganidan siqila boshlaysiz. Hech qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishni xohlamaysiz, chunki siz oldindan o‘zingizni charchagandek his qilasiz.

Ish yuzasidan o‘tkazilayotgan muhim tadbir arafasida to‘satdan gripp yoki radikulit bilan og‘rib qolasiz. Shu tariqa tanangiz sizdan yordam so‘raydi: «Meni ‘o‘sha’ erga borish zaruriyatidan qutqar».

Agar siz o‘zingizdan ish haqining oshirilishi yoki yangi lavozimga tayinlanish fikrimni o‘zgartirarmidi deb so‘rasangiz va hech o‘ylanmasdan aqlingizga birdan rad javobi kelsa, ikkilanmasangiz ham bo‘ladi – eski joyda endi siz motivasiya topa olmaysiz.

Siz qayta-qayta joyingizdan qimirlay olmayotgan yoki juda muhim bir narsani qilishga ulgurolmay qolayotganingiz haqida tushlar ko‘ra boshlaysiz. Shu yo‘sinda ongingiz siz bilan muloqot qiladi, ya’ni haqiqatan ham ketish vaqti kelganini nihoyat tushunishingizni aytmoqchi bo‘ladi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ishingizni almashtirish vaqti kelganini bildiruvchi ko‘rinmas belgilar