Barchaga ma’lum, qadim-qadimdan odamlar orasida albatta jodugarlar yashagan, faoliyat yuritgan. Qadimiy korchalonlar, davlatlar, qabilalar etakchilari esa jodugarlarni o‘limning eng dahshatli ko‘rinishlariga hukm etishgan. Lekin jodu yashayvergan, tarqalavergan, jodugarlar o‘zgalarga ruhiy ta’sir, bosim o‘tkazishdan tiyilishmagan. Ayniqsa, qadimda jodugarlik Hindiston, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Avtraliyada keng tarqalgan. Ajablanarlisi, qanchalar jodu taqiqlanmasin, odamlar baribir ularga murojaat etavergan. Kimningdir yaqin kishisi kasal bo‘lsa, yoki kimdir eri bilan janjallashgan bo‘lsa, eri birov bilan yurib ketgan bo‘lsa, pulini yo‘qotsa, uyiga noma’lum kimsalar o‘g‘irlikka tushsa, albatta jodugar huzuriga borishgan. Jodugar o‘zi tanlagan, yaxshi o‘zlashtirgan usul yordamida kimnidir turmush o‘rtog‘idan sovitgan, yoki aksincha isitgan, kimningdir pulini topib bergan. Ammo mijozlar jodu usulining ma’nisiga etishmagan. Ish bitdimi, tamom, haqini berishgan-u, ketaverishgan.
Qadim-qadimdan Vudu jodusi xalqlar orasida juda mashhur bo‘lgan. Shu jodu yordamida jodugarlar er-xotinni bir-biriga isitgan, yoki aksincha, bir-biridan sovitgan. Ajablanarlisi, xotinidan sovigan erkak jodu ta’sirida uyiga kelgan-u, umrida qayrilib qaramagan ayolni yoniga olib uydan chiqib ketavergan.
Xo‘sh, jodugar, azaldan qarg‘ishlarga qolib, nayzalar ustiga o‘tqazilib o‘ldirilgan, toshbo‘ronlar qilingan, qoralangan, surgun qilingan, badarg‘a qilingan jodu ustasi qay yo‘l bilan o‘zining harom ishlarini amalga oshiradi? Ma’lum bo‘lishicha, kuchli jodugarlar maxsus iblisona «duo»lar ko‘magida o‘zga tafakkur ichkarisiga olg‘a kirib boradi. Shu asnoda jodugar o‘zi kirib borayotgan tafakkur egasining energetik qobig‘ini almashtirishga ulguradi. Natijada bu odam jodu ta’siriga tushadi. His-tuyg‘ularini, harakatlarini, gap-so‘zlarini nazorat etish baxtidan mahrum bo‘ladi. Ana undan keyin xotinini, hasmi halolini jondan suygan shu erkak uyga keladi-yu, xayr-ma’zurni-da nasya qilib, boshi oqqan tarafga jo‘naydi…
Joduning yana bir salbiy jihatini aytib o‘tmasak bo‘lmaydi. Bizning kunimizda ham erining xotinida ko‘ngli yo‘qlik, yo aksincha, xotinning erida ko‘ngli yo‘qlik holatlari juda ko‘p uchraydi. Ana shunda bu baxtsizlarning yaqinlari, ota-ona, opa-singillari sira tap tortmay jodugar huzuriga kelishadi va ularni «isitib» berishini iltimos qilishadi. «Isitish» iborasi ilmiy tilda majburiy muhabbat degan ma’noni anglatadi. Jodugarga nima, u o‘z ishining ustasi. Iblisday nodon va mahluqsifat nusxa uni boshqarmoqda, shaytoniy duolarni, gipnoz, jodu usuli yordamida birovlar ongini egallash va yana shu kabi boshqa sirlarni o‘rgatmoqda, uni oldinga boshlamoqda. Xalq tilida «isitish» oq jodu sifatida tilga olinsa ham baribir jodu-da! Xalqda bekorga «Oq it, qora it, bari bir go‘r it» degan hikmat tilga olinmaydi. Jodugar kimnidir kimgadir isitib bergani evaziga otning kallasiday haq undiradi, bundan tashqari obro‘si ortadi. Negaki, u masofadan turib o‘sha isitilishi zarur odamning ongiga kirib bordi, uni jodusiga bo‘ysundirdi. Endi u xotini yo eridan soviganini, sevmay qo‘yganini unutadi. Oila yana ahillikda yashay boshlaydi. Nadomatlar bo‘lsinki, bu ahillik juda qisqa vaqt davom etadi. Negaki, jodugarning jodusi uzoq muddat o‘z kuchida qolmaydi.
Bundan tashqari, jodugarlar odam aurasi, ya’ni, energetika qobig‘ini o‘ziga bo‘ysundirishga ham ustasi farang. Lekin bu jabrdiyda uchun ko‘ngilsizlik bilan tugashi hech gap emas. Sababi, jodugar uning energetika qobig‘iga kirib borgach, uni yupqadan yupqa holatga keltirib qo‘yadi. Oqibatda jabrdiyda arzimagan, juda kuchsiz aura egalari bir puflasa uchib tushadigan darajada ojizlashib ketadi. Oddiy viruslar quliga aylanib, natijada og‘ir xastalik tufayli halok bo‘ladi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz jodugarlarni xushlashmagan, ulardan nafratlanishgan, podsholar esa jodugarlarni o‘limning eng ayanchli turlariga hukm qilishgan.
Olimlar Vudu jodusining «oq»i ham, «qora»si ham inson hayoti uchun o‘ta xavfli ekanini ilmiy jihatdan isbotlashgan. Ular odamni oqibatda fojiaga etaklaydi.
Vudu jodusi bilan shug‘ullanadigan jodugarlar oddiy lattadan, yoki loydan o‘zi ruhiyatiga, energetika qobig‘iga kirmoqchi bo‘lgan odamning qiyofadosh qo‘g‘irchog‘ini yasashadi. Keyin shu qo‘g‘irchoqqa jodu yo‘li bilan ta’sir o‘tkazish orqali haqiqiy jabrdiydaning energetika maydonini o‘zi xohlagan tarafga o‘zgartiradi. Shu yo‘l bilan jabrdiydaga ziyon etkazish mumkin, aniqrog‘i, og‘ir xastalikka duchor etish, yoki uni his-tuyg‘udan mahrum etish mumkin. Aksar hollarda Vudu jodusi yordamida ta’sir o‘tkazilgan kimsalar hayoti o‘lim bilan tugashi kuzatilgan.
Vudu jodusi qadimdan eng xavfli jodu sifatida qoralangan. Aynan uning yordamida iblis etagidagi jodugarlar odamlarni haqiqiy zombiga aylantirishgan, keyinchalik ular xizmatidan bahramand bo‘lishgan. Zombiga aylangan odamni o‘zlari istagan ko‘yga solishgan. Vudu jodusi ustalari nafaqat iblisona duodan, balki Fudu deb nomlangan baliq terisi va jigaridan maxsus tayyorlangan kukunlarni ham ishlatishgan. Bu baliq organizmidagi, yoki aniqroq aytganda, teri va jigari tarkibidagi zaharli modda har qanday odamni shol bo‘lish darajasigacha etkazadi. Jodugarlar esa baliq kukuni yordamida odamlar tuyg‘ularini o‘ziga bo‘ysundirish, ularni his-tuyg‘udan butkul mahrum etish maqsadlarida foydalanishadi. Buning uchun oldin tanlangan odamga iblisona duolar, gipnoz ko‘magida kuchli ta’sir o‘tkazishadi. Ana shundan keyin kukunning belgilangan dozasini berishadi. Ko‘ribsizki, bu odam jodugarning naq quliga aylanadi-qoladi. Xudo ko‘rsatmasin, jodugar kukunni ko‘proq dozada bersa, odam oldin koma holatiga tushadi va shu ko‘yi rixlat qiladi. Ma’lum dozani qabul qilgan erkak yo ayol esa zombi qiyofasiga kiradi. Jodugar kimnidir o‘ldirishni buyursa, sira ikkilanmasdan, bir tuki seskanmasdan o‘ldiradi.
Azizlar, bu maqolani e’tiboringizga havola etishdan asosiy maqsad shuki, sizlar hech qachon adashmang. Joduga mukkangizdan ketmang. Oqibatini o‘ylang. Xudo bergan baxtni, baxtsizlikni shukronalik bilan qabul qiling. Ishoning, jodugar yordamisiz ham Yaratgan egam har bir bandasiga yaxshilik-u yomonlikni birday taqsimlaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin