QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
4 iyun kuni tushga qadar yaqin o‘tmishda qanday va qay sabab bilan xatoga yo‘l qo‘yganingizni aniqlash uchun imkon tug‘iladi. Yaxshisi, o‘sha xatoni bugunoq to‘g‘rilashga harakat qiling. Yo‘qsa, taqdir zarbasiga uchrashingiz mumkin. Moliyaviy ahvol kun davomida bir necha o‘n marotaba goh salbiyga, goh ijobiyga aylanishi kutiladi. Xullas, bugun katta puldan umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Ammo qora qozon qaynamay qolmaydi xudo xohlasa. Shaxsiy hayotdagi muammolaringizni qarindosh-urug‘ga aslo bildira ko‘rmang. Bardamalab ketishi hech gap emas. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun kimgadir pul jo‘natishingiz yoki aksincha sizga yuborishlari mumkin. Mana shu jarayonda nihoyatda sergak turing. Hozir o‘ng ko‘zingiz chapiga oshnolik qilmayapti. Ayniqsa, pul masalasi juda nozik. Xususiy mulk sotib olish yoki sotishga mo‘ljallangan hujjatlarda kichik muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Agar ish bajarishda mas’uliyatni chuqur his eta olsangiz, mehnatdan qochmasangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Muhabbatda qisqa muddat tanaffuslar qiling. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Agar ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
4 iyun ko‘pchilik uchun dam olish kuni. Shuning uchun shoshilmasdan kelgusida amalga oshiradigan ishlaringiz rejasini tuzib chiqing. Dam oling. Birovlarning maslahatiga buguncha quloq tutmay turing. Oiladagi mas’uliyatni chuqur his etish payti allaqachon etgan, hushyorroq bo‘ling. Salomatligingizga jiddiy munosabatda bo‘ling. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ko‘ngildagidek daromad va natijaga erishishni xohlasangiz, ish bajarishda eng mayda-chuyda yumushlarga ham e’tibor bilan yondoshing. Suyukli insoningiz bilan bugun sayohatga otlansangiz, bir olam taassurotlar bilan qaytasiz. Kun davomida katta pul yo‘qotishingiz xavfi bor. Kissavur va firib ustalaridan nariroq yuring. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda hushyor turing. Agar ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
4 iyun kuni ko‘p narsalarga barmoq orasidan qarashingizga to‘g‘ri keladi. Shu narsa sizga omad eshiklarini ochishi mumkin. Azartli o‘yinlar va shubhali pul tikishlarni bir chetga surib qo‘ying. Muhabbat masalasida faqat qalbingizga quloq tuting. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun omadingiz kulishi ham mumkin. Bu o‘zingizning harakatingizga bog‘liq. «Harakatda barakat» deb behuda aytishmaydi, axir! Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun oila qurmaganlar yangi muhabbat sarguzashtlarini boshdan kechirishlari kutiladi. Ilgari tanlaganingiz bilan xarakterlar to‘g‘ri kelmasligi tufayli xayr-ma’zur qilgandingiz. Ajab emas, bugun yulduzi yulduzingizga to‘g‘ri keladiganini uchratsangiz. Odamlar davrasida so‘zamollik qilmang, kim bilandir janjallashib qolishingiz mumkin. Bugun eng yaqin do‘stingizga ham qattiq ishonib yubormang. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
4 iyun kuni tabiat qo‘yniga chiqib keting-u, to kechga qadar maza qilib dam oling. Buning uchun moddiy ahvolingiz juda mos keladi. Qiynalib qolmaysiz. Imkon bo‘lsa, oilangizni ham yoningizga olvoling. Basharti ro‘zg‘orda favqulodda muammo tug‘ilsa, ertangi kun uchun qoldirmang. Qavm-qarindoshlarning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz xavfi ham yo‘q emas. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun sport bilan shug‘ullanishdan tiyiling. Yirik xaridlarni amalga oshirmang. Juftingiz bilan orangizda kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Ammo bu gaplashmay qo‘yish uchun bahona bo‘lmaydi. Kunning ikkinchi yarmida yaqinroq manzilga dam olish uchun yo‘lga chiqishingiz kutiladi. Og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlarni iste’mol qilmang. Meva iste’mol qilishda ham nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 iyun kuni qo‘shnimi, tanishmi, ishqilib ikkovidan biri bilan jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Agar kayfiyatingiz chog‘ bo‘lsa, yaxshisi ko‘chaga chiqmay qo‘ya qoling. Elektr asboblardan foydalanishda, serqatnov yo‘llarda ehtiyotkor bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi bor. Uy oldi-sotdisi bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yishda tajribali huquqshunos yordamiga suyaning. Ro‘zador bo‘lsangiz, ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun har qanday ko‘rinishdagi rahbar lavozimli shaxslar bilan janjallashishga sabab yaratmang. Dam olish kuni bo‘lsa-da, ba’zilar yig‘in, kelishuvlarda ishtirok etishlari mumkin. Barchasi muvaffaqiyatli yakun topadi. Ko‘cha-ko‘yda har bir qadamni o‘ylab bosing. Shubhali tanishuvlarga yo‘l qo‘ymang. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qo‘ling. Meva-chevani faqat tekshiruvdan o‘tganlarini yuvgandan keyin iste’mol qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ertangi kun uchun kuch yig‘ing. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
4 iyun kuni tushga qadar sog‘lig‘ingiz bezovta qilib o‘tishi kutiladi. Vrach ko‘rigidan o‘tmay turib muolajalar olmang. Esda saqlang, arzimagan shamollash ham e’tiborli bo‘lmasangiz, surunkali xastalikka aylanib ketishi mumkin. Sport bilan shug‘ullanishni boshqa kunga qoldiring. Oilasizlar ham bugun muhabbatga oshno bo‘lmay turganlari ma’qul. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun baliqlar uchun ajoyib kun bo‘ladi. Barcha rejalaringiz amalga oshadi. Moddiy jihatdan tushga qadar baquvvatlashib olasiz. Muhabbat masalasida esa xavfli kun. Chuv tushirib ketishlari hech gap emas. Har bir odam bilan muloyim munosabatda bo‘lsangiz, yoqimsiz vaziyatlarga tushib qolmaysiz. Tijoratchilar ham 4 iyun kuni boshqa kunlardagiga nisbatan ikki hissa ko‘proq daromad ko‘rishlari turgan gap. Ro‘zador bo‘lsangiz, tutayotgan ro‘zangiz qabul bo‘lsin!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi