Samsung Galaxy S27 flagmanlari uchun displeylar ishlab chiqarishni boshladi

Samsung Galaxy S27 flagmanlari uchun displeylar ishlab chiqarishni boshladi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi oʻzining boʻlajak flagman smartfonlari turkumi — Galaxy S27 uchun dastlabki komponentlarni ishlab chiqarish jarayonini boshlab yubordi. ZDNet nashrining sanoatdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, ayrim ehtiyot qismlarni tayyorlash ishlari allaqachon sentabr oyidayoq boshlangan boʻlib, oktabr oyining oʻrtalaridan boshlab esa ushbu jarayon sezilarli darajada kengaytirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʼlum qilinishicha, Samsung Display boʻlinmasi oktabr oyida yangi avlod smartfonlari uchun OLED-panellarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi lozim. Sanoat doiralaridagi maʼlumotlarga koʻra, kompaniyaning yillik rejasi Galaxy S27 oilasi uchun 47–48 million dona OLED-pannel yetkazib berishni nazarda tutadi. Bu koʻrsatkich oʻtgan avlodvakillari uchun moʻljallangan rejamdan qariyb 10 foizga koʻpdir.

Yangi turkum va displey hajmlari

Hozirgi maʼlumotlarga koʻra, Samsung Display kompaniyaning yangi Galaxy S27 Pro modeli uchun ham alohida rejalar tuzgan. 2026-yilning oxirigacha ushbu model uchun 2–3 million dona, 2027-yil davomida esa yana 4–5 million dona panel ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Ushbu qadam janubiy koreyalik texnologiya gigantining bozor talabini toʻliq qondirishga qaratilgan muhim strategik qadamlaridan biri hisoblanadi.

Tarqatilgan taxminlarga koʻra, kelgusida taqdim etilishi kutilayotgan bazaviy Galaxy S27 6,27 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Shuningdek, Galaxy S27+ modeli 6,66 dyuym, yangi taqdim etiladigan Galaxy S27 Pro 6,47 dyuym hamda liniyaning eng ilgʻor vakili Galaxy S27 Ultra esa 6,89 dyuymli displeyga ega boʻlishi kutilmoqda.

Xarajatlarni nazorat qilish va bozor strategiyasi

Smartfonlar qatori kengayishiga qaramasdan, Samsung yangi qurilmalarning tan narxini qатʼiy nazorat qilishni maqsad qilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun kompaniya Galaxy S27 modellarida oldingi avlod — Galaxy S26 uchun moʻljallangan ayrim komponentlardan takroran foydalanishi mumkin. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday yondashuv xotira mikrosxemalari narxining global miqyosda oshib borayotgani fonida juda qoʻl keladi.

Liniyaning toʻrtta modelgacha kengaytirilishi asosiy raqobatchi Apple kompaniyasining harakatlari bilan ham chambarchas bogʻliq. Manbalarga koʻra, raqobatchi iPhone smartfonlarini taqdim etish vaqtini yil davomida turli davrlarga boʻlish strategiyasiga oʻtmoqda. Shu sababli, Samsung turli xil narx segmentlarida muvaffaqiyatli raqobat olib borish uchun kengroq mahsulotlar qatoriga ega boʻlishi talab etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar