Kiyevda ommaviy namoyish: Mustaqillik maydonida minglab odamlar tinchlik talab qilmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Kiyev markazida urushni to'xtatish va tinchlik o'rnatishni talab qilib, 4 mingga yaqin fuqaro ommaviy namoyish o'tkazmoqda.
- Asosiy miting Mustaqillik maydonida bo'lib, unda tinchlikka chaqiruvchi shiorlar va plakatlar ko'tarilgan.
- Ushbu namoyishlar harbiy xizmatchi Aleksandr Todorovning chaqirig'i bilan tashkil etilgan bo'lib, u korrupsiyaga qarshi kurashish va tinchlik yo'lini tanlashni talab qilgan.
Ukraina poytaxti Kiyev markazida ommaviy namoyishlar boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, turli hududlardan 4 mingga yaqin fuqaro shaharga kelib, urushni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatilishini talab qilib maydonlarga chiqmoqda.
Ukrainaning «Vremya.ua» nashri xabariga ko‘ra, asosiy norozilik mitinglaridan biri poytaxtning qoq markazi — Mustaqillik maydonida (Maydanda) bo‘lib o‘tmoqda.
Maydondagi vaziyat: Plakatlar va faollar
Voqea joyidan tarqatilgan videotasvirlarda Mustaqillik maydoniga odamlar oqimi tinimsiz kelayotgani aks etgan:
Namoyishchilar qo‘llarida tinchlikka chaqiruvchi turli shior va plakatlar bilan to‘planishmoqda.
Hududda xavfsizlikni nazorat qilish maqsadida ko‘plab huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari navbatchilik qilmoqda.
Aksiya ishtirokchilari orasida amerikalik jurnalist Sergey Lyubarskiy hamda ukrainalik taniqli faol, sobiq opera xonandasi Todor Panovskiy ham borligi qayd etilmoqda.
Namoyishlar ortida kim turibdi?
«Strana» nashrining yozishicha, mazkur miting ukrainalik harbiy xizmatchi, avval Odessada jurnalist va huquq himoyachisi bo‘lib ishlagan Aleksandr Todorovning chaqirig‘i bilan tashkil etilgan:
Todorov ilk bor sentyabr oyi boshida korrupsiyaga chek qo‘yish, armiyadagi muammolarni hal qilish va tinchlik yo‘lini tanlash talabi bilan odamlarni ko‘chaga chiqishga chaqirgan edi.
Sentyabr oyi o‘rtalarida u harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tark etish ayblovi bilan hibsga olingan. Sud unga 175 ming grivna miqdorida garov tayinlagan bo‘lib, mablag‘ to‘liq yig‘ilgan bo‘lsa-da, bank tekshiruvlari sabab u hali ham tergov hibsxonasida qolmoqda.
Shunga qaramay, uning da’vati bilan poytaxtda minglab odamlar yig‘ilib, tinchlik talabini ilgari surmoqda.































Izohlar 0
…