QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
30 iyun kuni har qanday to‘siqlarni juda osonlik bilan engib o‘tishingizni yulduzlar bashorat qilmoqda. Qachonlardir sizdan qarz olganlar qarzlarini foizi bilan qaytarishlari kutiladi. Ammo xarajatlarga berilib ketmang, tejamkorlik hech qachon ziyon qilmaydi. His-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Oilasiz bo‘lsangiz, o‘zingizga yoqqan insonga muhabbat izhor qilishga uyalmang. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun ishdan bo‘sh vaqtlaringizda sport bilan jiddiy shug‘ullanishni maslahat berishmoqda. Volleybol, futbol kabi mashg‘ulotlar sizga katta foyda keltirishi mumkin. Suzish mashqlari ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Jismoniy zo‘riqish salomatligingizni tiklashda asqotishiga shubha yo‘q. Taomlar iste’moli masalasida hushyor bo‘ling. Hatto restoranga borsangiz ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Zaharlanib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
30 iyun kunning birinchi yarmida do‘stlaringiz bilan yaqin manzilga sayohat uyushtirishingiz kutiladi. Bu sayohat sizning azaliy orzularingizdan biri edi. Nihoyat etishadigan bo‘ldingiz. Yangi loyihalarni hayotga tadbiq qilish, olamshumul g‘oyalarni o‘ylab topish uchun bugungi kun omadli kechadi. Turishidan shubhali tuyila boshlagan odam bilan yaqin muloqotga kirishmang. Kechqurun yengil ovqatlanish bilan cheklaning. Asosiy vaqtingizni juftingiz uchun ajrating.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun siz uchun ajoyib kun bo‘ladi. Hech kim yo‘lingizga to‘g‘anoq bo‘la olmaydi. Maqsadga etishda, rejalarni amalga oshirishda bor usullarning hammasidan baravar foydalanishga urinmang, ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiring. Yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish sira zarar keltirmaydi. Ayniqsa, oilaviy bo‘lib sayohatga chiqsangiz, ehtiyotkorlik juda kerak bo‘ladi. Salomatligingiz havoning keragidan ortiq isib ketishi tufayli pand berishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
30 iyun kuni duch kelgan bilan bahsga kirishishingiz haqiqatga yaqin. Suhbat mavzusidan qat’i nazar baribir bahslashaverasiz. Ehtiyot bo‘ling, bahs janjalga aylanib ketmasin. Bugun kunning birinchi yarmida oilalilarning ba’zilarinikida yangi mehmon dunyoga kelish ehtimoli bor. Ayollar tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratishlari talab qilinadi. Suzish, fitnes mashqlari hozir siz uchun juda muhim. Sog‘lig‘ingizni ham yo‘l-yo‘lakay tiklab olishni unutmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda sergaklikni qo‘ldan bermang. Har bir gapingizni yaxshilab o‘ylab olgachgina tilingizga ko‘chiring. Xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Tushdan keyin kayfiyatingizni ko‘taruvchi xabarlar eshitasiz. Kechki paytga borib sevimli xobbingiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz ehtimoli bor. Ayniqsa, musiqa va vokalni xobbi qilib olgan bo‘lsangiz, xudo qo‘shqo‘llab beradi. Yoningizdan ishqibozlar keta olmay qoladi. Ishni ham unutib qo‘ymang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar odatga ko‘ra birinchi navbatda salomatlikni nazoratda ushlashlari tavsiya etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
30 iyun kuni tushgacha etmay xudodan so‘rab yurganingizni qo‘lga kiritasiz. Bu baxt, yo sokinlik, yo omad, xullas, shunga o‘xshash nimadir bo‘lishi mumkin. Juftingiz bilan munosabatlarda etakchi bo‘lishga urinmang. Tinglovchilikni tanlayvering. Shundan tinchi yo‘q. Oilasizlardan ba’zilar bugun to‘y boshlash harakatiga tushishlari mumkin. Bu oiladagilar bilan bo‘ladigan maslahatdan keyin ma’lum bo‘ladi. Asablarni ehtiyot qiling. Har bir xastalik asab tarafdan oqib keladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun ertalabdanoq ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Ammo tushkunlikka tushmang. Bu vaziyatdan chiqishda sizga boobro‘, badavlat shaxslardan biri yordam beradi. Bugun kinoga, teatr, sirkka borish uchun juda qulay kechadi. Kun davomida ro‘zg‘orda paydo bo‘ladigan favqulodda muammolar sizni biroz toliqtirishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilib, bir-ikki soat yolg‘iz qolsangiz, toliqishlar nari chekinadi. Sog‘lig‘ingizni ham zo‘riqishga majbur etmang. Bugun g‘iybatchi, ikkiyuzlamachi, hasadgo‘ylardan nariroq yuring.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
30 iyun kunning birinchi yarmida yaqin insoningiz sizga ajoyib sovg‘a hadya etishi kutiladi. So‘ngra sizga juda ajoyib, yoqimli xabarni etkazadi. Shuning natijasida ish va muammolarni qisqa muddatga bo‘lsa-da unutasiz, yengil tortasiz. Moliyaviy jihatdan ham kun bo‘yi jiddiy muammolar ko‘ndalang bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Har bir ishni boshlashdan oldin yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishga odatlansangiz, ishlaringiz o‘lda-jo‘lda qolib ketmaydi. Kechki payt sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. Kechqurun oilangiz qurshovida dam oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Sizni sevadigan, qadrlaydigan odamga qalbingiz eshiklarini kattaroq ochib qo‘ying. Sir saqlashingiz, sukutga tolishingiz yaxshilikka olib kelmaydi. Ba’zilar bugun kunning birinchi yarmida mo‘may daromadga ega bo‘lishi, foydali shartnoma imzolashi yoki lotoreya o‘ynab katta pul yutib olishi mumkin. Xullas, bugungi kun sizga qaysidir jihatdan albatta omad hadya etadi. Sog‘liqni tashqi xavflardan himoya qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
30 iyun kuni ertalab ish joyingizda xohlaysizmi-yo‘qmi, baribir ikki hamkasbning janjaliga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Aslida shanba bo‘lgani bois ish kam, sal nafas rostlashdan umidvor edingiz. Bu dam olish sizga nasib qilmaydigan ko‘rinadi. Tushdan keyin ba’zilar jufti bilan jiqqillashib qolishlari kutiladi. Sog‘liqni asrab, sifatsiz taomlarni bilib-bilmay tanovul qilib qo‘ymang. Shu jumladan ichimliklar masalasida ham hushyor turing. Moliyaviy ahvolingiz kechqurun yaxshilanadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Tushga qadar bor muammolaringizni bartaraf etmasangiz, ertasi kuni ham ulardan qutula olmay halak bo‘lasiz. Mehnat ta’tiliga chiqa olmasligingiz hech gap emas. Kun davomida qarindoshlardan biri bilan xafalashib olishingiz ham haqiqatdan uzoq emas. Moliyaviy jihatdan shikoyatingiz bo‘lmaydi. Tejamkorlikka e’tibor qaratsangiz, pulingizga pul qo‘shiladi. Ayrimlar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishlari kutiladi. Vrach ko‘rigi bu dardingizga malham bo‘lishi tayin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?