QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
10 iyul siz uchun bir olam muvaffaqiyatlar, yoqimli lahzalar bilan boshlanadi. Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz sizni har qanday masalada ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishadi. Tadbirkorlar uchun muzokaralar, yangi shartnomalarni imzolash amallari ham muvaffaqiyatli kechadi. Ammo oilasizlar muhabbat bobida omadga erisha olmasliklari kutiladi. Lekin ruhni tushirmang. Xudoning kuni ko‘p. Bugun omadingiz kelmasa, ertaga albatta omadga erishasiz, inshoolloh. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang. Kechqurun sizga shunday bir xabar etkazishadiki, bu kelajak taqdiringizda muhim rol o‘ynashi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun to‘liq tugallab ulgurishingizga ko‘zingiz eta qolmayotgan ishlarga qo‘l urmaslikni maslahat berishadi. Kuch, xohish bo‘lishi mumkin, biroq maqsadga etishingiz uchun bu kamlik qilarkan. Kunning ikkinchi yarmida imkon topsangiz, bor vaqtingizni dam olish uchun ajrating. Do‘stlar yo yaqinlar bilan toqqa chiqib keting. Safar davomida sizni yangi tanishuvlar ham kutishi ehtimoldan xoli emas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
10 iyul kuni ko‘pchilik egizaklar burji vakillari mehnat ta’tiliga chiqishdan umidvor bo‘lishlari mumkin. Baxtga qarshi rahbarlar arizangizga imzo qo‘ymasligi, ta’tilni ortga surishi ham mumkin. Pul masalasida bugun oshig‘ingiz olchi. Shundan ekan, sira ikkilanmay, o‘zingiz va uydagilar uchun foydali xaridlar qilaversangiz bo‘ladi. Oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishi kutiladi. Zudlik bilan vrach ko‘rigidan o‘tishni unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz juda xayrli va osuda o‘tishini yulduzlar bashorat qilishgan. Ishlaringiz ham ketma-ket baroridan kelib sizni mamnun etadi. Faqat bir to‘siq borki, u ham bo‘lsa moliyaviy muammo. Bu muammo bugun deyarli hal etilmaydigan bo‘lib turibdi. Zahiradagi pullardan foydalanib turishingizga to‘g‘ri keladi. Oilaviy hayotda tushunmovchiliklar, anglashilmovchiliklar va kelishmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun ochiq ko‘ngil bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
10 iyul kuni ertalabdanoq ishga qo‘lingiz bormasligi kutiladi. Buni tushunsa bo‘ladi. Tashqarida yoz, tog‘li hududlarda minglab odamlar dam olib qaytmoqda. Sizning ham o‘sha manzillarga borib hordiq chiqargingiz keladi. Afsuski, bunga yo‘l yo‘q. Oldin qalashib yotgan ishlarni bir yoqlik qilishingiz zarur. Fan, adabiyot va san’at bilan shug‘ullanadiganlar uchun bugungi kun juda omadli keladi. Sog‘liqni asrashni, nazoratda ushlashni unutmang. Kechqurun xorij tilini o‘rganish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Shaxsiy hayotingizda yorqin tanaffuslar kutilmoqda. Ba’zilar tashqarida qarama-qarshi jins vakili bilan ko‘ngilxushlik qilgan bo‘lsa-yu, kimdir xitlangan bo‘lsa, bu sizni taniganlar, hatto ko‘chadagi o‘rindiqlarni bo‘shatmay o‘tiruvchi kampirlar orasida ham keng muhokama qilina boshlashi mumkin. Bugun barcha ishlarni yig‘ishtirib qo‘yib, poxodga otlanish muvaffaqiyat keltiradi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatliklari haqidagina qayg‘urishlari talab etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
10 iyul kuni atrofdagilar bilan muloqotda juda ehtiyot bo‘ling. Hech kimning shaxsiga tegadigan gap gapirib qo‘ymang. Ortiqcha janjalning bugun sizga umuman hojati yo‘q. Ba’zilar ish joyida rahbarlar bilan bahslashib qolishi mumkin. Bahslashmasangiz yaxshi bo‘lardi. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi yorini uchratishlari va tanishib, shu kuniyoq birga sayr qilishlari kutilmoqda. Ajab emaski, shu bahonada to‘y boshlanib ketsa.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
10 iyul kuni siz tushga yaqin hasadgo‘ylar e’tiborida bo‘lishingiz mumkin. Muloqotni qisqa qiling. Aks holda ta’bingiz tirriq bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Hasadchilar qiynalishmaydi, ular bu kasallikka ko‘nikib ketishgan. Ish joyingizda ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Agar puxta reja asosida ishga kirishsangiz, kechgacha ulgurasiz va yana moddiy manfaat ham ko‘rasiz. Muhabbatda oilasizlarga buguncha omad kulib boqmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
10 iyul kunning birinchi qismida olis safarga otlanishingiz kutilmoqda. Bu safarga hech kim, hatto, eng yaqin insoningiz ham to‘sqinlik qila olmaydi. Chunki safar sizga yangi tanishuvlar, moddiy manfaat olib keladi. Oila qurmagan yigitlarning ayrimlari bugun sevganining qo‘lini so‘rashga ahd qilsa, adashishmaydi. Muhabbat izhorlari bugun faqat ijobiy natija beradi. Faqat sevgilingizga arzirli sovg‘a xarid qilishni unutmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirib atrofdagilar oldida obro‘yingizni to‘kmaslikka chaqirishyapti. Yaxshisi, siz tinglovchi rolini ijro qiling. Shundan tinchi yo‘q. Shoir do‘stlarimizga ham bugun omad kulib boqmoqchi. O‘nlab muxlislaringiz aynan bugun yo‘lingizni to‘sib sizdan dastxat so‘rashni niyat qilishgan. Tayyor turing. Sog‘liq masalasini ham esga olib turing.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
10 iyul kuni shu qadar katta pulga ega bo‘lishingiz kutilmoqdaki, bu pullarni sanash uchun xonaga kirib, eshikni ichkaridan tambalab, ana undan keyin bir necha soat pul sanashingizga to‘g‘ri keladi. Juda bo‘lmasa, yaqin qarindoshingizni yordamga chaqiring. Ijodkorlar uchun bugungi kun unumli kechadi. Ammo texnika bilan shug‘ullanadiganlar omadni boshqa kundan kutishlari kerakka o‘xshaydi. Bugun elektr tokiga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar sizga ertalabdayoq barcha ishlar uchun puxta reja tuzib olishingiz zarurligini uqtirishadi. Shunday tuzingki, tushga borib ish qolmasin va siz to‘g‘ri tabiat qo‘ynida dam olish uchun jo‘nang. Bolalar tarbiyasida faqat o‘z usullaringizdan foydalaning. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Xavotirga o‘rin yo‘q.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...