23:51 / 26.07.2017
7 324

Butun kuningiz serunum bo‘lishiga yordam beruvchi maslahatlar

Butun kuningiz serunum bo‘lishiga yordam beruvchi maslahatlar
Agar siz ish kunining yarmi ham o‘tmasdan turib charchab qolayotgan bo‘lsangiz, bu maqolani o‘qib chiqing va o‘z ichki energiyangizni qanday boshqarishni va uning zaxiralarini to‘ldirish yo‘llarini bilib oling.

Kunduzi uxlang

Odatda tushlikdan so‘ng ofisdagilarning hammasini uyqu bosadi. Agar shu vaqtda 10-12 daqiqa mizg‘ib olsangiz ish kuningiz yangidan boshlangandek bo‘ladi. Tadqiqotlar 26 daqiqa davom etuvchi kunduzgi uyqu ish qobiliyatini 34 foizga oshirishini isbotladi.

Oson qarorlarni tanlang

Qaror qabul qilish — juda ko‘p energiya talab qiluvchi jarayon.

Oson qoidalar murakkab dunyoda kuchlarni tejashga yordam beradi.

Agar siz juda oddiy qarorlar qabul qilishga ham ko‘p vaqtingizni ketkazsangiz, hamma variantlar ichidan eng mos kelmaydiganini topishga harakat qiling. Bu vaziyatdan chiqishga va yaxshiroq variant izlab topishga yordam beradi.

Yangiliklarni kamroq o‘qing va ijtimoiy tarmoqlarda kamroq bo‘ling

Asosiy kitoblar, mualliflar va matbuot turganda sifatsiz kontentlar oqimiga sho‘ng‘ib ketish va ularni filtrlashga qimmatli vaqtingizni sarflash arzimaydi.

E’tibor — bebaho, lekin chegaralangan imkoniyat.

Uni bilimlarni boyitishga (maqolalar yozish, darsliklar o‘qish, muhokamalarga qatnashish) yoki hissiyotlarga (yaxshi kinolar, do‘stlar bilan muloqotlarga) ishlating.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Butun kuningiz serunum bo‘lishiga yordam beruvchi maslahatlar