16:26 / 04.08.2017
9 301

Bir boqishdagi sevgiga ishonasizmi?

Bir boqishdagi sevgiga ishonasizmi?
Sevgi-muhabbat bobida kitoblar yoziladi, kinofilmlar suratga olinadi. Insonlar uni madh etishdan charchashmaydi. Lekin bir boqishdagi sevgi hamisha ham olov kabi yondiradimi? Quyidagi savollarimizga javob berib ko‘ring.

1. Hayotingizda birinchi bora sevib qolishingizga qancha vaqt kerak bo‘ldi?

A. Bir daqiqa: bizning sinfimizga yangi kelganida uni ko‘rdim-u, hushimni yo‘qotdim.
V. To‘rt oyga yaqin.
S. Hozir hisoblab chiqaman. Bizning ota-onalarimiz meni uch yoshligimda, uni esa to‘rt yoshligida tanishtirib qo‘yishgan. Sakkiz yoshgacha do‘st bo‘lganmiz, olti yilcha janjallashardik. Ikki yilcha do‘stlashdik, keyin sevishib qoldik.

2. Quyidagi fikrlardan qay biri sizga yaqin?

A. Bir boqishda sevib qololmasangiz, muhabbat sizga o‘girilib ham qaramaydi.
V. Sevgi-muhabbat kutilmaganda keladi.
S. Bir boqishdagi sevgini alanglatish uchun ikkinchi marta o‘girilib qarash lozim.

3. Sevgi haqidagi ta’riflardan qaysisi sizga yaqin?
A. Chaqmoq chaqqandek.
V. To‘lqinlanib oquvchi dengiz.
S. Ulkan daraxtga.

4. Ikki yosh to‘ygacha qancha muddat uchrashishlari lozim?
A. Bir oy.
V. Yarim yilga yaqin.
S. Shoshilmasdan ikki yosh bir-birini sinab, keyin turmush qurishlari lozim.

Endi javoblaringizga e’tibor bering. Uch harfdan qaysi birini ko‘proq belgilagan bo‘lsangiz...

A. Bir boqishdagi sevgi siz uchun. O‘z shahzodangiz uchrashuvingizning birinchi daqiqasadiyoq bilasiz.
V. Siz uchun bir boqishda sevgi qalbingizni olovlatsa – yaxshi. Bolalikdagi do‘stingiz bilan munosabatingiz ham sevgiga aylanishi mumkin. Nima farqi bor bari oxiri sevgi-ku, degan fikr sizga qaratilgan.
S. Siz hamisha qalbingizga bo‘ysunmay, aql bilan ish yuritishga harakat qilasiz. Muhabbat qalbingizda paydo bo‘lishi uchun ancha-muncha vaqt kerak bo‘ladi. Bir boqishdagi sevgiga umuman ishonmaysiz.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir boqishdagi sevgiga ishonasizmi?