6 547
Haddan tashqari ko‘p ishlab yubormaslik uchun nima qilish kerak? Ernest Xemingueyning siri
Mashhur yozuvchi va adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning maslahati sizni mehnat hovuridan tushirib, vaqtida to‘xtashingizga yordam beradi.
Bir kuni Ernest Xeminguey unga ishlashda yordam beradigan asosiy sir bilan bo‘lishdi:
Jarayon yengil kechayotgan vaqtda doim to‘xtang. Ertasi kuni ishga qaytib bormaguningizcha ish haqida o‘ylamang va xavotirlanmang. Sizning ost ongingiz bu vaqt ichida ishlaydi. Ammo siz ish haqida ongli tarzda o‘ylasangiz, uni nobud qilasiz. Miyangiz esa ish boshlangunicha charchab qoladi.
Ernest Xeminguey
Nima uchun to‘xtash kerak?
Siz ishni bajarishingiz kerak, chunki belgilangan muddat bor. Siz ishlayverasiz, ishlayverasiz, ishlayverasiz… Siz bitta fikr bilan uxlab, shu fikr bilan uyg‘onasiz. Boshingiz bilan ishga sho‘ng‘iysiz, bu esa teskari natijaga olib keladi. Siz barchasini yuragingizga yaqin olasiz. Siz ish bilan qo‘shilib payvasta bo‘lib ketasiz. Uni uyga olib kelib, uning shaxsiy hayotingizga kirib borishiga yo‘l qo‘yib berasiz. Qo‘l va oyoqlaringizni bog‘lab tashlaysiz.
Jarayon yengil kechayotgan vaqtda to‘xtang
«Yana bir soat ishlab olay, yana bir nechta topshiriqlarni bajarib qo‘yay», — degan fikrni tez-tez boshingizdan o‘tkazib turasizmi? To‘xtang. Bunday qilmang. Bu ishlarning barchasini ertagaga qoldiring. Me’yoridan ko‘p ishlab yubormang. Ertaga uchun ham ish qoldiring axir.
Ish haqida o‘ylashni qanday bas qilish mumkin?
Xemingueydan u ish haqida xavotir olmaslikka qanday erishgani haqida so‘rashganida, shunday javob bergan:
Bu haqda o‘ylamang, tamom-vassalom. Ish haqidagi o‘ylarga barham bering. Diqqatingizni boshqa narsaga qayta yo‘naltirishni o‘rganing.
Nima bilandir chalg‘ing. Meditasiya, kitob o‘qish, yugurish — usulni o‘zingiz tanlang. Nimadir ustida bosh qotirishdan ma’no yo‘qmi? Demak bunga kuch ham sarflab o‘tirmang.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi